
2 KUNDA 200 NAFARDAN ORTIQ FUQARONING MUROJAATI TINGLANDI.
📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasida 🌟Kadastr agentligi direktori v.b. Sadriddin Turdiyev boshchiligida tashkil etilgan sayyor qabul Beruniy tumanida davom etdi.
🔹Joriy yilning 15–16-oktabr kunlari o‘tkazilgan sayyor qabullarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining 17 ta tuman va shahridan kelgan 200 nafardan ortiq fuqaro hamda tadbirkorlarning yer va kadastr sohasiga oid murojaatlari tinglandi.
Xususan, 15-oktabr kuni 12 ta tuman va 1 ta shahar aholisi tomonidan 136 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, 16-oktabr kuni Beruniy tumanida davom etgan qabulda Beruniy, Ellikqal’a, To‘rtko‘l va Amudaryo tumanlaridan kelgan fuqarolar tomonidan 72 ta murojaat bildirildi.
✅Sayyor qabullar davomida fuqarolar va tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar, ko‘chmas mulk obyektlariga oid kadastr hujjatlari hamda sohaga taalluqli boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar atroflicha o‘rganildi.
Murojaatlarning vakolat doirasida hal etilishi mumkin bo‘lganlari yuzasidan tegishli huquqiy tushuntirishlar berilib, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar nazoratga olindi. Ularning qonunchilikda belgilangan tartibda hal etilishini ta’minlash bo‘yicha mas’ul xodimlarga aniq vazifalar yuklatildi.
📌 Eslatma: Sayyor qabul 17-oktyabr kuni Xorazm viloyati Urganch shahrida o’tkaziladi.
📍 Manzil: Urganch shahar "Feruz" MFY "Pahlavon Mahmud" ko‘chasi, 59/2-uy (Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi) Mo‘ljal: Amir Temur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i.
⏲️ Boshlanish vaqti soat 10:00 da.
📞 Murojaat uchun: +998 (62) 224-67-05 +998 (62) 22-67-02
#Kadastr_agentligi #Sayyor_qabul
🇺🇿 Telegram | 🇺🇿 Instagram | 🇺🇿 YouTube | 🇺🇿 Facebook | 🇺🇿 Web-sayt | 🇺🇿 X









