Astronom Kamoliddin Ergashev Telegram channel photo

Astronom Kamoliddin Ergashev

*Asoslangan Astronomik Xabarlar, *Asoslangan Astronomik Tafsilotlar, *Asteroidlar Xavfidan Ogohlantirish, *Astronomning Qiziqarli Hikoyalari, *Astronomdan Lirik Chekinishlar...

Kỳ thi cạnh tranhTiếng ViệtViệt Nam

43

Last views

184 (184 subscribers)
Thành viên
—
Rating
31
Total Posts
Oct 18, 2026, 5:36 PM
Cập nhật
Aug 1, 2026
Created
Stats

Bạn đang xem nội dung bằng tiếng Việt. Vui lòng thay đổi ngôn ngữ trang web để xem nội dung bằng các ngôn ngữ khác.

Channel Information

Channel Information
Channel NameAstronom Kamoliddin Ergashev
Username@astronom_kamoliddin_ergashev
CategoryKỳ thi cạnh tranh
LanguageTiếng Việt
CountryViệt Nam
Thành viên184
Channel TypePublic Channel
Created1 thg 8, 2026
Last Updated18 thg 10, 2026 • 5 ngày trước
StatusActive

Xếp hạng

Xếp hạng toàn cầu
#187942+647
Xếp hạng ngôn ngữ
#3789+22
Xếp hạng danh mục
#1626+5

Tăng trưởng người đăng ký

Tổng cộng: 18430 Days growth: +00%
09/1909/2409/2910/0410/0910/1410/18
Tăng trưởng người đăng ký - 30 Days
DateSubscribers
19:09:2026184
20:09:2026184
21:09:2026188
22:09:2026188
23:09:2026188
24:09:2026188
25:09:2026188
26:09:2026188
27:09:2026188
28:09:2026188
29:09:2026188
30:09:2026188
01:10:2026188
02:10:2026188
03:10:2026188
04:10:2026188
05:10:2026188
06:10:2026188
07:10:2026188
08:10:2026188
09:10:2026188
10:10:2026188
11:10:2026188
12:10:2026188
13:10:2026188
14:10:2026188
15:10:2026188
16:10:2026188
17:10:2026188
18:10:2026184
Tăng trưởng người đăng ký - Weekly
DateSubscribers
Week of 27:07:2026186
Week of 03:08:2026186
Week of 10:08:2026186
Week of 17:08:2026186
Week of 24:08:2026184
Week of 31:08:2026184
Week of 07:09:2026184
Week of 14:09:2026184
Week of 21:09:2026188
Week of 28:09:2026188
Week of 05:10:2026188
Week of 12:10:2026184
Tăng trưởng người đăng ký - Monthly
DateSubscribers
July 2026186
August 2026184
September 2026188
October 2026184
Tăng trưởng người đăng ký - Yearly
DateSubscribers
2026184

Bài đăng gần đây

Astronom Kamoliddin Ergashev logo
Astronom Kamoliddin Ergashev

10:11 10 thg 10, 2026

Video
#Mobil_reportaj
#Media_tur
#Ochiq_muloqot

Butunjahon kosmos haftaligi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya institutida "O'zcosmos" agentligi bilan hamkorlikda  yoshlar hamda OAV vakillari uchun media tur hamda sohaning yetakchi olimlari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Bizni kuzatib boring👇
😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram
55004
Astronom Kamoliddin Ergashev logo
Astronom Kamoliddin Ergashev

12:59 09 thg 10, 2026

Photo1/2
Astronomiya institutida ochiq muloqot va foto-ko'rgazma: Koinot sirlari va zamonaviy tadqiqotlar

4–10-oktabr kunlari mamlakatimizda o‘tkazilayotgan Butunjahon kosmos haftaligi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya institutida "O'zcosmos" agentligi bilan hamkorlikda yoshlar hamda OAV vakillari bilan ochiq muloqot tashkil etilmoqda.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad:
✔️ Yosh avlodda astrofizika, koinotni tadqiq etish va zamonaviy texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishni oshirish;
✔️ Astronomiya sohasida erishilayotgan ilmiy natijalarni keng jamoatchilikka atroflicha yetkazish.

Muloqot davomida:
❗️ Taniqli olimlar va astrofiziklar bilan erkin savol-javoblar;
❗️ O‘zbekiston astronomiya fani erishayotgan so‘nggi yutuqlar taqdimoti;
❗️ Yosh tadqiqotchilar uchun ilmiy-amaliy tavsiyalar beriladi.

🗓 Sana: 9-oktabr
🔈 Vaqti: 16:00
📍 Manzil: Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti (Toshkent sh., Astronomiya ko‘chasi, 33-uy)


Bizni kuzatib boring👇
😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram
78001
Astronom Kamoliddin Ergashev logo
Astronom Kamoliddin Ergashev

14:57 01 thg 10, 2026

Photo1/2
TABRIKNOMALAR HAQIDA

Bir paytlar indiyskiy kinolardagi aktrisalarni rasmlaridan otkritkalar boʻlardi. Keyinroq Selena, Britni, Shakira kabi qoʻshiqchilarni rasmlaridan otkritkalar yasalardi.

Endi esa hamma AI bilan oʻzini rasmidan otkritka yasayapti. Yangi yilda qorboboni shapkasini kiyib, Hayitda qoʻy koʻtarib, Mustaqillik bayramida bayroq tutib... deganday.

Mana bugun - menga oʻxshagan qop-qora, kap-katta erkaklar kastyum-shim va galstukda tushgan rasmidan 1-oktyabr uchun otkritka yasab, bir-birlariga joʻnatib yotishibdi.

Erkak kishiga - oʻziga oʻxshagan qop-qora erkakni rasmini tomosha qilish unchalik ham yoqimli ish emasligini ularga aytsammikin...

🔭 @Astronom_Kamoliddin_Ergashev
125008
Astronom Kamoliddin Ergashev logo
Astronom Kamoliddin Ergashev

22:56 19 thg 9, 2026

Video
#MUNOSABAT
#EKSPERT_SHARHI

Toshkent osmonida kuzatilgan yorqin obyekt haqida

Bugun, 19-sentabr kuni kechgi Toshkent shahri osmonida juda yorqin, ortidan uzun iz qoldirib harakatlangan obyekt kuzatildi. Hodisa shahar aholisining ko‘plab foto va videolarida qayd etilgan.

Astronomiya instituti mutaxassislari tarqalgan foto va videomateriallarni dastlabki tahlil qildi. Obyektning tashqi ko‘rinishi, harakat xususiyati va hosil qilgan izida meteor yoki bolidga xos belgilar mavjud emas. Kuzatilgan manzara ko‘proq raketa yoki uning yuqori bosqichi bilan bog‘liq hodisaga o‘xshaydi.

Hozircha eng katta moslik bugun Xitoyda amalga oshirilgan kosmik kema uchirilishga to'g'ri kelmoqda. 19-sentabr kuni Xitoyning Taiyuan kosmodromidan Long March-2D (Chang Zheng-2D) tashuvchi raketasi uchirildi. Raketa PIESAT-2 turkumidagi to‘rtta sun’iy yo‘ldoshni orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqdi.

Dastlabki orbital hisob-kitoblar uchirish vaqti, raketaning orbitasi hamda Toshkent osmonida hodisa kuzatilgan vaqt va yo‘nalish o‘rtasida juda yaxshi moslik mavjudligini ko‘rsatmoqda. Shu sababli hozirgi bosqichda eng ehtimolli tushuntirish - Toshkent osmonida kuzatilgan hodisa ushbu kosmik uchirishning raketa bosqichi yoki undan keyingi orbital jarayonlardan biri bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Biroq hozircha kuzatilgan obyektni aynan Long March-2D raketasining muayyan qismi deb qat’iy identifikatsiya qilishga hali erta. Yangi uchirilgan obyektlar bo‘yicha xalqaro orbital kataloglarda zarur elementlar va hodisaga oid mustaqil identifikatsiya hali mavjud emas.

Hozirgi dastlabki xulosa shuki: Toshkent osmonida kuzatilgan yorqin hodisa meteor yoki bolidga xos emas.

Kamoliddin ERGASHEV, Fanlar akademiyasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi Astronomiya instituti katta ilmiy xodimi.

Bizni kuzatib boring👇
😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram
163008
Astronom Kamoliddin Ergashev logo
Astronom Kamoliddin Ergashev

16:34 09 thg 9, 2026

Photo1/2
OY - BIZSIZ

Kaliforniya universiteti (UC Riverside) olimi Stephen Kane boshchiligidagi guruh yaqinda juda qiziq tadqiqot e’lon qildi. Unda olimlar Veneraning qadimda tabiiy yo‘ldoshi bo‘lgan taqdirda, uning keyingi taqdiri qanday kechishi mumkinligini modellashtirishgan.

Bu, albatta, Venerada haqiqatan ham Oy bo‘lganini isbotlamaydi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, agar shunday yo‘ldosh mavjud bo‘lgan bo‘lsa, u qachonlardir sayyoraga yaqinlashib, uni Veneraning o'zi hazm qilib yuborgan.

Bizning Yerimizning tabiiy yo‘ldoshi - Oy esa hozircha buning teskarisini qilyapti. 🌍🌕

Oy Yerdan har yili o‘rtacha 3,8 santimetrga uzoqlashmoqda. Ya'ni bizdan qochib ketmoqda. Ammo bu qochish shu qadar uzoq davom etadi-ki, katta ehtimol bilan:

Biz - Oysiz emas, Oy - Bizsiz qolsa kerak...

🔭 @Astronom_Kamoliddin_Ergashev
248003
Astronom Kamoliddin Ergashev logo
Astronom Kamoliddin Ergashev

03:39 30 thg 8, 2026

Photo
O'tgan payshanba, 9-iyul kuni Mars va Yupiter Sayyoralari oralig'ida - Xalqaro bazalarda "KAMOLERGASHEV" deb nomlanayotgan yangi obyekt paydo bo'ldi.

Batafsil keyinroq...

🔭
5930016
Astronom Kamoliddin Ergashev logo
Astronom Kamoliddin Ergashev

03:39 30 thg 8, 2026

Photo
ILMIY TADQIQOT

Koinotda KIC 6464285 raqamli yulduz tizimi avvalroq qo'shaloq tizim sifatida aniqlangan. Bunda ikkita yulduz bir-birining atrofida 20 soatda aylanadi. Katta yulduz Quyoshga juda o'xshash, kichigi Quyoshning yarmidan sal kattaroq.

Kuni-kecha Amerikaning "The Astrophysical Journal" ilmiy nashrida e'lon qilingan yana bir tadqiqotga ko'ra - tizimda bu ikkovidan tashqari yana bitta, Quyoshdan sal kichikroq yulduz bor ekan. Uning orbital davri 16 yil.

Eng qizig'i tizimdagi asosiy yulduz juda faol bo'lib, o'zidan 4 yil davomida 30 marta chaqnashlar va magnit bo'ronlari chiqargan. Eng kuchsiz chaqnashlar Quyosh chaqnashlaridan kamida 100 marta, eng kuchlilari esa 10-15 ming marta kuchli.

Tadqiqot Xitoydagi Yunnan, O'zbekistondagi Maydanak va bir nechta kosmik teleskoplar kuzatuvlarini birlashtiradi. Hammuallif aspirant ukamiz Jaqsiliq Baltamuratovga omad.

P.s.: Bizda magnit bo'rini bo'lganda boshi og'riydiganlar yaxshiyam KIC 6464285 tizimida yashamaydi... 😜

🔭
406006
Astronom Kamoliddin Ergashev logo
Astronom Kamoliddin Ergashev

03:39 30 thg 8, 2026

Photo
YANGI TADQIQOT

Koinotda "CW Cas" nomli yulduz bor. 1938-yilda bu yulduz aslida bir biriga juda yaqin joylashgan 2 ta zich-qo'shaloq yulduzlar bo'lishi mumkinligi taxmin qilingan.

Yaqinda Amerikaning "The Astrophysical Journal" ilmiy nashrida O'zbekistonlik va Xitoylik astronomlarning birgalikdagi tadqiqotlari nashr etildi. Ma'lum bo'lishicha u yerda butun boshli 4 ta yulduzdan iborat tizim joylashgan ekan.

Markazda og'irligi Quyoshnikidek bo'lgan yulduz va Quyoshni yarmidek yana bir yulduz bir-biriga tegar-tegmas masofada aylanadi. Katta yulduzning ustida kattagina dog'i bor va bu dog' 350 kunlik davr bilan o'zgarib turar ekan.

Bu ikkovidan biroz olisroqda quyoshdan biroz kichikroq mitti yulduz 99.4 yillik davr bilan aylanib yuradi;

Bu uchchovidan ancha olislarda esa boshqa bir qizil mitti yulduz aylanadi. Ya'ni tizim 4 ta Quyoshli tizim bo'lib, markazini o'zida 2 ta quyoshi bor.

P.S.: Bitta Quyoshlilarga alam qilsinmi... 😝

🔭
358005
Astronom Kamoliddin Ergashev logo
Astronom Kamoliddin Ergashev

03:39 30 thg 8, 2026

Photo
PAYSHANBANI OSHI

Bugun oshni yeb boʻlgach, uydagingiz: "boshim ogʻriyapti" desa - "obbo, yana bahona qilyapti" deb asabiylashishga shoshilmang.

Shu safar rostdan boshi ogʻriyotgan boʻlishi mumkin.

Sababi bugun tunda 7 balli "kuchligina" magnit boʻronlari boʻlib oʻtishi kutilmoqda.

Ichki xotirjamli-i-ik...

🔭
362006
Astronom Kamoliddin Ergashev logo
Astronom Kamoliddin Ergashev

03:39 30 thg 8, 2026

XAVFLI ASTEROIDLAR

Bundan ikki hafta avval "FIKRAT" dasturida "Xavfli asteroidlar - insoniyat sayyoraviy mudofaaga tayyormi?" degan mavzuda suhbat qilgan edik.

Bir yarim soat davomida - Quyosh tizimi, Xavfli asteroidlar, Maydanak observatoriyasida kuzatuvlar va Insoniyatning sayyoraviy mudofaa sohasidagi tajribalari haqida gaplashganmiz.

Kuzatuvchi astronom sifatida real masalalarni keltirib berishga harakat qilganman.

Suhbat havolasi: https://www.youtube.com/watch?v=fmOnyinGt0Q&t=5136s.

🔭
Video Thumbnail
316003
Astronom Kamoliddin Ergashev logo
Astronom Kamoliddin Ergashev

03:39 30 thg 8, 2026

Photo
Yer sekinlaganmish, tushib qolmoqchilar harakatni qilinglar...

Mahalliy saytlarimiz " https://www.sciencefocus.com/news/unprecedented-earths-rotation" dan olgan va u ham aslida " https://agupubs.onlinelibrary.wiley.com/doi/10.1029/2025JB032161" jurnalidagi bir ilmiy maqoladan olingan ma'lumotga ko'ra - Yer 1.33 millisekund/asr, ya'ni 0.0133 millisekund/yil ga sekinlashgan emish.

Bu sekinlashishni insoniyat deyarli sezmaydi desak, vohimachilar endi GPSlar va sun'iy yo'ldosh tizimlariga qiyin bo'ladi, bla-bla deyishyapti.

Keling faktlarga qaraylik: Sutka uzunligining yillik fluktuatsiyalari 2023-yilda 2.63 millisekund, 2024-yilda 2.61 millisekund va 2025-yilda esa 3.09 millisekund ga teng bo'lgan. Ya'ni trend o'zgarishining yillik fluktuatsiyasi - trendning yillik ortishidan o'rtacha 200 baravar katta !!!

Demak, bundan 200 baravar katta yillik fluktuatsiyalarda qiynalmayotgan GPSlar va sun'iy yo'ldosh tizimlari shunchaki arzimas trendga qiynalib qolarmish-da.

Rostdan tushib qolinglar...

🔭
327005
Astronom Kamoliddin Ergashev logo
Astronom Kamoliddin Ergashev

03:39 30 thg 8, 2026

Photo
TILIM QURSIN...

Oʻtgan bayramda qoʻyni rasmi bor tabriknomalar rosa urf boʻldi.

Bir tanishim SI da oʻzi qoʻy koʻtarib tushgan rasmidan tabriknoma yasab, menga ham yuborgan ekan. Tilim qichib: ...rasmda koʻrinishiz ancha yaxshi, lekin orqadagi bratni tanimadim - deb hazillashgan edim.

Palakat, endi telefonini koʻtarmayapti...

🔭
278008
Astronom Kamoliddin Ergashev logo
Astronom Kamoliddin Ergashev

03:39 30 thg 8, 2026

Photo
O'G'IRLANGAN OMAD

Asteroidlardan biri Maydanak observatoriyasida 2005-yildan boshlab kuzatilgan. 2012-yildan boshlab men davom ettirib keldim. O'tgan 20 yilning 11 yilida - ya'ni asteroid har yaqin kelganida tunlari uxlamasdan kuzatilgan.

Natijalarni umunlashtirib, tahlillarni ya'kunlab, endi mana yangilikni e'lon qilaman deb tursam - kuni kecha Kosmik teleskoplardan biri SHATAAAAAQ etib rasmga olib, SRAZZZII yangiligikni e'lon qivordi. Hozir BASHARAM xo'rozqandi tortib olingan bolaniki bilan bir-xil...

Keyingi oyni oyligini olsam - kosmosga bitta teleskop uchirtiraman, o'z-o'zimga, shaxsiy...

🔭
339006
Astronom Kamoliddin Ergashev logo
Astronom Kamoliddin Ergashev

03:39 30 thg 8, 2026

Photo
DUSHANBA HAQIDA

Dushanbani men - o'z orbitasining Quyoshdan eng uzoq nuqtasidan o'tayotgan kometaga o'xshataman:

- Yorqinligi pasaygan;
- Faolligi so‘ngan;
- Dumi parchalanib ketgan;
- Tezligi minimumga yaqin;
- Energiya zaxirasi tugagan;
- Sovuq va sust;

Ammo orbital mexanika shafqatsiz - u qaytishga majbur va mahkum.

🔭
286003
Astronom Kamoliddin Ergashev logo
Astronom Kamoliddin Ergashev

12:20 11 thg 8, 2026

UYATLI KOMETA - SHARMANDALI ORBITA

Ertaga, 12-avgustdan 13-avgustga o‘tar kechasi sayyoramiz osmonida navbatdagi "mas'uliyatsizlik" kuzatilishi kutilmoqda.

Gap mashhur "Perseid meteor yomg‘iri" haqida ketmoqda.

O‘rganishlar natijasida ushbu holatga "109P/Swift-Tuttle kometasi" sababchi ekani aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur kometa o‘z orbitasi bo‘ylab harakatlanish jarayonida "hududni obodonlashtirish talablariga mutlaqo rioya qilmagan". Ortidan qolgan chang, tosh va boshqa mayda chiqindilarni o‘z vaqtida yig‘ishtirib ketmagan.

Natijada Sayyoramiz har yili ushbu hududdan o‘tishga majbur bo‘lmoqda. Eng achinarlisi, kamchiliklar yillar davomida bartaraf etilmagan.

Shu munosabat bilan:

☄️ **109P/Swift-Tuttle - "UYATLI KOMETA"

uning chiqindilar bilan ifloslantirilgan orbital harakat hududi esa:

⚠️ "SHARMANDALI ORBITA" hisoblanadi.

Aytgancha, 12-13-avgust kechasi Sayyoramiz aynan shu "qarovsiz qoldirilgan hudud"dan o‘tadi. Mayda zarrachalar atmosferamizga katta tezlikda kirib yonadi va biz ularni "Perseid meteorlari" sifatida ko‘ramiz.

Qorong‘i joyda osmon tiniq bo‘lsa, tomosha juda yaxshi bo‘lishi kutilmoqda. Bu yil Oy ham vaziyatdan uyalgan shekilli — "Yangi Oy" fazasiga kirib, osmonda deyarli ko‘rinmaydi va avvalgi yillardagidek xalal bermaydi.

Xullas, ertaga kechasi osmonga qarang 😁

🔭 @Astronom_Kamoliddin_Ergashev
303008
Astronom Kamoliddin Ergashev logo
Astronom Kamoliddin Ergashev

17:05 10 thg 8, 2026

Photo1/2
MARKAZIY OSIYO GEOGRAFIYASI - KOINOTDA

Markaziy Osiyo geografik nomlarining Asteroidlarga berilganlarini ko'rib chiqamiz.

1. O'zbekistondan 3 ta: (1351) Uzbekistania, (210271) Samarkand, (22948) Maidanak;
2. Qozog'istondan 2 ta: (2178) Kazakhstania, (2700) Baikonur;
3. Tojikistondan 2 ta: (2469) Tadjikistan, (2746) Hissao;
4. Qirg'izistondan 1 ta: (2566) Kirghizia;
5. Turkmanistonda 1 ta: (2584) Turkmenia;

Ushbu 9 ta asteroidning 7 tasi (Uzbekistania, Kazakhstania, Baikonur, Tadjikistan, Hissao, Kirghizia, Turkmenia) Qrimdagi observatoriyalarda turli yillarda kashf qilingan.

Qolgan 2 tasi: (22948) Maidanak - AQSHda, (210271) Samarkand esa - O'zbekistondagi Maidanak observatoriyasida kashf qilingan.

🔭 @Astronom_Kamoliddin_Ergashev
220002
Astronom Kamoliddin Ergashev logo
Astronom Kamoliddin Ergashev

03:44 01 thg 8, 2026

Photo
OYDAGI CHIQINDILAR

Oyga amalga oshirilgan missiyalar Oyda o'zidan ma'lum miqdor chiqindi tashlab kelgan.

Buni qarang-ki, 2020-yilda qabul qilingan AQShning "Kosmosda inson merosini himoya qilish uchun bitta kichik qadam (One Small Step to Protect Human Heritage in Space Act)" qonuniga ko'ra kimdir Oyga bormoqchi bo'lsa - shu chiqindilarga tegmasligi, zarar yetkazmasligi yoki o'zgartirmasligi kerak. Kamiga o'sha chiqindilar bor hududlarda faoliyat olib borish uchun AQSHdan ruxsatnoma ham olishi lozim bo'ladi.

Aslida 1967-yilda qabul qilingan "Outer Space Treaty" xalqaro kelishuviga ko'ra Oydagi hududlarga hech kim egalik qila olmaydi. Lekin endi agar o'sha hududda AQSHga tegishli chiqindi mavjud bo'lsa, siz u hududda erkin emassiz. Zo'r-a.

Kimga Oydan hudud kerak bo'lsa, zudlik bilan borib, tanlagan hududingizga biror chiqindi tashlab keling. Adashib ketib, xalqaro mojaroga sabab bo'lmasligingiz uchun - AQSHga tegishli chiqindilar koordinatalarini mana https://www.nasa.gov/wp-content/uploads/2024/02/final-catalogue-of-manmade-material-on-the-moon.pdf qoldiraman.

🔭
420004
Astronom Kamoliddin Ergashev logo
Astronom Kamoliddin Ergashev

03:44 01 thg 8, 2026

Photo
Oddiy Oʻzbek nuqtai-nazaridan qaralsa - bu missiya toʻyga borib, toʻyxonaga kirmasdan qaytilgandek gap. 😁

Aslida esa missiya maqasadi toʻyxonaga kirish emas, uning yaqiniga borib-qaytishni mashq qilish edi.

🔭
318009
Astronom Kamoliddin Ergashev logo
Astronom Kamoliddin Ergashev

23:02 24 thg 7, 2026

✅
SAMODAGI O‘ZBEKLAR

Ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi xalqaro miqyosda e’tirof etilib, nomlari ikki kichik sayyoraga (asteroidga) berilgan hamda NASAning sayyoraviy mudofaa tajribasidagi faol ishtiroki uchun "Group Achievement Award" mukofoti bilan taqdirlangan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti olimlari – Kamoliddin Ergashev va Otabek Burhonov bilan astronomiya sohasidagi so‘nggi yangiliklar, koinot tadqiqotlaridagi xalqaro hamkorlik hamda mamlakatimiz ilm-fanining jahondagi o‘rni mavzularida suhbatlashdik.

📱 To‘liq videoni YouTube sahifamizda tomosha qiling: https://youtu.be/rl3NjBMjTBA

Tilda, fikrda, ishda birlik!
Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Video Thumbnail
267003
Astronom Kamoliddin Ergashev logo
Astronom Kamoliddin Ergashev

12:15 22 thg 7, 2026

FANGA QAYTAMIZ

Yerga yaqinlashuvchi asteroidlar orasida o‘zining kichik yo‘ldoshiga ega bo‘lgan (88710) 2001 SL9 nomli qo‘shaloq asteroid bor.

So‘nggi 25 yil davomida u kuzatish uchun qulay holatga besh marta kelgan. Ushbu davrlarda asteroid Maydanak observatoriyasi hamda dunyoning boshqa hududlaridagi jami sakkizta observatoriyada kuzatildi. Natijada uning yo‘ldoshi asosiy asteroiddan asta-sekin uzoqlashib borayotgani aniqlandi. Bu - qo‘shaloq asteroidlarda kuzatilgan bunday turdagi ilk hodisa sifatida fan tarixiga kirdi.

Modellarga ko‘ra, asteroidning yo‘ldoshi undan yiliga 2,8–5,1 santimetr tezlikda uzoqlashmoqda. Biroq hozirgacha bu ko‘rsatkichning aniq qiymatini o‘lchash imkoni bo‘lmadi. O‘tgan yilgi qulay orbital holat paytida o‘tkazilgan kuzatuvlarimiz ham masalaga uzil-kesil aniqlik kiritish uchun yetarli bo‘lmadi.

Bu yil Maydanak observatoriyasida 20–23 iyul tunlari kuzatuv o‘tkazish uchun vaqt olganmiz. Yozda tunlar qisqa bo‘lgani sababli bir kechadagi kuzatuv davomiyligi cheklangan. Shu bois Chexiyadagi hamkor observatoriya bilan vaqt farqidan foydalanib, asteroidni kuzatish vaqtini biroz uzaytirishni rejalashtirgan edik.

Bir necha kunlik jazirama issiqdan keyingi salqinlashuv ko‘pchilikni xursand qildi. Ammo bu Maydanakda osmonning bulutli bo‘lishiga olib kelmoqda. Agar qolgan ikki kechada ham kuzatuv o‘tkaza olmasak, bu asteroidni keyingi bor faqat 2037-yilda qulay holatga kelganda kuzatishimiz mumkin bo‘ladi.

Demak, ehtimoliy yana bir ilmiy yangilikning ochilishi yana 11 yilga kechikadi.

🔭 @Astronom_Kamoliddin_Ergashev
274005
Astronom Kamoliddin Ergashev logo
Astronom Kamoliddin Ergashev

17:21 21 thg 7, 2026

Video
#xorijiy_OAV_biz_haqimizda

TÜRK DÜNYASININ GURURU

İki asteroide Özbekistanlı iki bilim insanının adı verildi...

Ikki asteroidga o'zbekistonlik olimlar nomi berildi...

Bizni kuzatib boring👇
😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
199004
Astronom Kamoliddin Ergashev logo
Astronom Kamoliddin Ergashev

13:24 17 thg 7, 2026

KAMCHILIK Astronomiya institutida faoliyat boshlaganimga shu kunlarda 19 yil bo'ldi. Asosiy tadqiqot yo'nalishim asteroidlar va yerga xavf soluvchi jismlar. Shu kungacha 11 ta asteroidning yo'ldoshini kashf etishga muvaffaq bo'ldik. Ammo hali birorta yangi…
253005
Astronom Kamoliddin Ergashev logo
Astronom Kamoliddin Ergashev

15:50 15 thg 7, 2026

Photo1/2
Asteroidga nomim berilgani haqidagi sertifikatning elektron nusxasini oldim, qog'ozning asli hali yo'lda.

Bu haqda o'z kanalimda batafsil yozmoqchi edim, ammo endi ko'plab saytlarda xabarlar chiqdi va o'ylaymanki ma'lumot yetarlicha.

Xalqaro Astronomiya Ittifoqiga, Chexiyalik hamkasb astronom olimlarga, Institut rahbariyati va ustozlarimga o'z minnatdorligimni bildiraman.

Yangilikni o'z vaqtida, o'zimdan avval - professional sharhlab OAVga va yurdoshlarimizga yetkazgan O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Matbuot xizmatiga alohida tashakkur.

🔭 @Astronom_Kamoliddin_Ergashev
834007

Showing 30 of 31 posts

Xếp hạng

Yêu cầu đăng nhập

Frequently Asked Questions

Kênh Telegram Astronom Kamoliddin Ergashev nói về gì?+

Astronom Kamoliddin Ergashev (@astronom_kamoliddin_ergashev) là kênh Telegram thuộc danh mục Kỳ thi cạnh tranh trên tgdio. Xem xếp hạng, đánh giá, nhận xét và bài đăng trước khi đăng ký. Hiện có khoảng 184 người đăng ký trên tgdio.

Làm sao để tham gia Astronom Kamoliddin Ergashev (@astronom_kamoliddin_ergashev)?+

Mở hồ sơ trên tgdio, dùng Join / Open in Telegram để đăng ký @astronom_kamoliddin_ergashev miễn phí.

Astronom Kamoliddin Ergashev có phải kênh Kỳ thi cạnh tranh tốt không?+

Trên tgdio hãy xem đánh giá, nhận xét, xếp hạng và bài đăng của Astronom Kamoliddin Ergashev trước khi tham gia. Hiện có khoảng 184 người đăng ký trên tgdio. So sánh với các kênh Kỳ thi cạnh tranh tương tự.

Xem thống kê và bài đăng Astronom Kamoliddin Ergashev ở đâu?+

Trên tgdio, mở trang @astronom_kamoliddin_ergashev để xem thống kê, xếp hạng, đánh giá và bài đăng.