TOSHKENT SHAHAR KADASTR Telegram channel photo

TOSHKENT SHAHAR KADASTR

@kadastr_uzbPublic Channel

🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati 📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling 📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy 📞 +99871 231 68 51 👨‍💻 Murojaat uchun: [email protected], [email protected]

Matka & Xổ sốTiếng ViệtViệt Nam

221

Last views

3.5k (3,514 subscribers)
Thành viên
—
Rating
131
Total Posts
Oct 19, 2026, 5:10 PM
Cập nhật
Oct 29, 2025
Created
Stats

Bạn đang xem nội dung bằng tiếng Việt. Vui lòng thay đổi ngôn ngữ trang web để xem nội dung bằng các ngôn ngữ khác.

Channel Information

Channel Information
Channel NameTOSHKENT SHAHAR KADASTR
Username@kadastr_uzb
CategoryMatka & Xổ số
LanguageTiếng Việt
CountryViệt Nam
Thành viên3,514
Channel TypePublic Channel
Created29 thg 10, 2025
Last Updated19 thg 10, 2026 • 3 ngày trước
StatusActive

Xếp hạng

Xếp hạng toàn cầu
#105324+245
Xếp hạng ngôn ngữ
#2117+26
Xếp hạng danh mục
#2390-8

Tăng trưởng người đăng ký

Tổng cộng: 3.5K30 Days growth: +621.8%
09/2009/2509/3010/0510/1010/1510/19
Tăng trưởng người đăng ký - 30 Days
DateSubscribers
20:09:20263,452
21:09:20263,452
22:09:20263,452
23:09:20263,452
24:09:20263,469
25:09:20263,469
26:09:20263,469
27:09:20263,469
28:09:20263,469
29:09:20263,469
30:09:20263,469
01:10:20263,469
02:10:20263,469
03:10:20263,469
04:10:20263,469
05:10:20263,469
06:10:20263,469
07:10:20263,469
08:10:20263,469
09:10:20263,469
10:10:20263,469
11:10:20263,469
12:10:20263,485
13:10:20263,485
14:10:20263,485
15:10:20263,485
16:10:20263,485
17:10:20263,485
18:10:20263,485
19:10:20263,514
Tăng trưởng người đăng ký - Weekly
DateSubscribers
Week of 09:03:20263,366
Week of 16:03:20263,376
Week of 23:03:20263,367
Week of 30:03:20263,360
Week of 06:04:20263,344
Week of 13:04:20263,332
Week of 20:04:20263,331
Week of 27:04:20263,331
Week of 04:05:20263,367
Week of 11:05:20263,367
Week of 18:05:20263,367
Week of 25:05:20263,378
Week of 01:06:20263,378
Week of 08:06:20263,396
Week of 15:06:20263,396
Week of 22:06:20263,416
Week of 29:06:20263,416
Week of 06:07:20263,416
Week of 13:07:20263,413
Week of 20:07:20263,443
Week of 27:07:20263,431
Week of 03:08:20263,431
Week of 10:08:20263,465
Week of 17:08:20263,465
Week of 24:08:20263,445
Week of 31:08:20263,447
Week of 07:09:20263,447
Week of 14:09:20263,452
Week of 21:09:20263,469
Week of 28:09:20263,469
Week of 05:10:20263,469
Week of 12:10:20263,485
Week of 19:10:20263,514
Tăng trưởng người đăng ký - Monthly
DateSubscribers
March 20263,367
April 20263,331
May 20263,378
June 20263,416
July 20263,431
August 20263,445
September 20263,469
October 20263,514
Tăng trưởng người đăng ký - Yearly
DateSubscribers
20263,514

Bài đăng gần đây

TOSHKENT SHAHAR KADASTR logo
TOSHKENT SHAHAR KADASTR

08:29 22 thg 10, 2026

Photo1/2
ADOLATNI TA'MINLA - XABAR BER!

Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat. Sen boshla – sening ortingdan boshqalar ham ergashadi.

❗️Korrupsiyaga duch kelsangiz quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:

📞 Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi:
Call-markaz – 1253

⭐️Kadastr agentligining maxsus telegram boti: @kadastr_komplaens_bot

📞 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi:
(71) 231-68-51 (ichki 246), (+99897) 411-01-15.

✔️ Murojaat etuvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi #matn

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼 
🚀 Telegram |📷 Instagram |🔵Facebook
2980010
TOSHKENT SHAHAR KADASTR logo
TOSHKENT SHAHAR KADASTR

18:10 21 thg 10, 2026

Video
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

XATLOVDAN "NO COMMENT"

🌏O‘zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni ijrosi doirasida 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining kadastr muhandislari tomonidan poytaxt mahallalarida xatlov ishlari belgilangan reja asosida jadal amalga oshirilmoqda.

#Kadastr #Yangihayot #xatlov2026 #no_comment #video

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram |📷 Instagram |🔵Facebook
417009
TOSHKENT SHAHAR KADASTR logo
TOSHKENT SHAHAR KADASTR

16:59 21 thg 10, 2026

Photo1/2
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

ÖZBEK ALIFBOSINI TAKOMILLAŞTIRIŞGA OID QONUN IMZOLANDI

✔️21-oktabr — Özbek tili bayrami kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonunni imzoladi.

Qonun özbek yozuvidagi ayrim noqulayliklarni bartaraf etish, davlat tilining raqamli makondagi imkoniyatlarini kengaytirish va yozuvdan foydalanishni yanada qulaylaştirişga qaratilgan.

➡️Muhim jihati: avval rasmiylaştirilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qoğozlar öz kuçini saqlab qoladi. Darsliklar, peshlavhalar va körsatkiçlar esa bosqiçma-bosqiç yangilanadi.
___

ПОДПИСАН ЗАКОН О СОВЕРШЕНСТВОВАНИИ УЗБЕКСКОГО АЛФАВИТА

✔️21 октября, в День узбекского языка, Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев подписал закон о совершенствовании узбекского алфавита, основанного на латинской графике.

Закон направлен на устранение недостатков узбекской письменности, расширение возможностей использования государственного языка в цифровом пространстве и упрощение применения алфавита.

➡️ Важно знать: ранее оформленные документы, национальная валюта и ценные бумаги сохраняют свою силу. Учебники, вывески и указатели будут обновляться поэтапно.
___

LAW ON IMPROVING THE UZBEK LATIN ALPHABET SIGNED

✔️On 21 October, Uzbek Language Day, President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev signed a law aimed at improving the Uzbek alphabet based on the Latin script.

The law aims to address certain challenges in Uzbek writing, expand the use of the state language in the digital environment, and make the alphabet more convenient to use.

➡️ Important to know: Previously issued documents, national currency, and securities will remain valid. Textbooks, signs, and information boards will be updated gradually.

📶 Website | 📱Telegram | 📱Instagram | 📱YouTube | 📱Facebook
2740010
TOSHKENT SHAHAR KADASTR logo
TOSHKENT SHAHAR KADASTR

16:29 21 thg 10, 2026

Video
🎬🎬🎬🎬 🗂🗂🗂🗂 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

RADIODA XALQCHIL QONUN IJROSI E'TIROFI

🎤"O‘zbekiston24" hamda "Temp Fm" radiokanallari orqali Xalqchil qonun ijrosi yuzasidan Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan xatlov ishlarining amaliy natijalari yoritildi.

#Kadastr #oav_biz_haqimizda #radio #xatlov2026 #korrupsiyaga_qarshi

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼 
🚀 Telegram |📷 Instagram |🔵Facebook
351009
TOSHKENT SHAHAR KADASTR logo
TOSHKENT SHAHAR KADASTR

14:29 21 thg 10, 2026

Photo1/2
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇 📑📑📑📑

2027-YILGI XATLOV REJASI: SERGELI TUMANI

🇺🇿 O‘RQ-937-sonli Qonun ijrosi yuzasidan 2027-yilda Toshkent shahrining Sergeli tumanida xatlov qilinadigan mahallalar ro‘yxati.

✅Batafsil Reja-jadval bilan etirof.kadastr.uz axborot tizimi orqali tanishish mumkin.

✍️ Izoh: Mahalla va xatlov o‘tkaziladigan muddatlari MFY ma’muriy hududiy chegaralari o‘zgarishi (qisqarishi, birlashtirilishi), xatlovdan o‘tkazish jarayonida xonadonlarga kirish imkoniyatlari yaratilishi hamda noqulay ob-havo sharoitiga qarab o‘zgarishi mumkin.

#Kadastr #xatlov2027 #reja_jadval #infografika #Sergeli

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram |📷 Instagram |🔵Facebook
4080010
TOSHKENT SHAHAR KADASTR logo
TOSHKENT SHAHAR KADASTR

13:05 21 thg 10, 2026

Video
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

SIFATLI XIZMAT FAQAT HUJJATLARNI RASMIYLASHTIRISH BILAN EMAS, BALKI INSONLARNING ROZI BO‘LISHI BILAN AHAMIYATLIDIR!

🏢 Fuqarolar va tadbirkorlarga kadastr sohasiga oid masalalarda amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Respublika bo‘ylab 208 ta tumanda “Kadastr maslahat burchagi” tashkil etilgan.

🤝 Mazkur burchaklarda fuqarolarga kadastrga oid masalalar bo‘yicha maslahatlar beriladi, zarur hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi tushuntiriladi hamda davlat xizmatlaridan foydalanishda ko‘maklashiladi.

🌟 Kadastr maslahat burchaklari zarur texnika vositalari, internet tarmog‘i va axborot materiallari bilan ta’minlanib, fuqarolarga qulaylik yaratishga xizmat qilmoqda.

💠 Maqsad — aholiga qulaylik yaratish va kadastr xizmatlaridan foydalanishni yanada soddalashtirish!

#Kadastr_agentligi #Kadastr_maslahat_burchagi

🇺🇿 Telegram   |  🇺🇿 Instagram    |  🇺🇿YouTube    | 🇺🇿  Facebook       | 🇺🇿 Web-sayt    |  🇺🇿X
312009
TOSHKENT SHAHAR KADASTR logo
TOSHKENT SHAHAR KADASTR

11:29 21 thg 10, 2026

Photo1/2
IQTIBOSLAR

✍️ "O‘z ona tilini bilmaydigan inson o‘zga tillarni ham mukammal o‘rgana olmaydi" (Gyote).

✍️ "Til — xalq qalbining ko‘zgusidir" (Lev Tolstoy).

✍️ "Inson bilan u tushunadigan tilda gaplashsangiz, so‘zlaringiz uning ongiga yetib boradi. U bilan o‘z tilida gaplashsangiz, so‘zlaringiz qalbiga yetib boradi" (Nelson Mandela).

✍️ "O‘z ona tiliga befarq bo‘lgan inson o‘z vataniga ham befarqdir" (Konstantin Paustovskiy).

✍️ "Millatning yashashi uning tili yashashi bilan uzviy bog‘liqdir" (Chingiz Aytmatov).

#Kadastr #iqtibos #matn

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼 
🚀 Telegram |📷 Instagram |🔵Facebook
418009
TOSHKENT SHAHAR KADASTR logo
TOSHKENT SHAHAR KADASTR

10:59 21 thg 10, 2026

Video
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

#kadastr_izohlaydi

KADASTR SOHASIDA O‘Z ISHINGIZNI BOSHLAMOQCHIMISIZ?

🚫 Kadastr muhandisi bo‘lib, o‘z mutaxassisligingiz bo‘yicha mustaqil faoliyat yuritish mumkinligini bilarmidingiz? Buning uchun malaka shahodatnomasini olish kifoya!

Kimlar kadastr muhandisi bo‘lishi mumkin?

✅ Geodeziya, kadastr, qurilish, arxitektura, yer tuzish va belgilangan boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lganlar;
✅ Tegishli yo‘nalish bo‘yicha kamida bir yillik ish tajribasiga ega bo‘lganlar;
✅ Ish tajribangiz bo‘lmasa ham, kadastr sohasida kasbiy qayta tayyorlash kurslarini tamomlash orqali ushbu talabni bajarishingiz mumkin.

Malaka shahodatnomasini qanday olish mumkin?

✔️ Belgilangan talablarga javob berish va malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirish orqali.

Shahodatnoma sizga nima beradi?

✔️ Kadastr muhandisi sifatida yuridik shaxs bilan mehnat shartnomasi asosida ishlash yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyat yuritish imkoniyatini beradi.

Kasbiy bilim va malakangizni yangi imkoniyatlarga aylantiring!

📶 Website | 📱Telegram | 📱Instagram | 📱YouTube | 📱Facebook
3220010
TOSHKENT SHAHAR KADASTR logo
TOSHKENT SHAHAR KADASTR

08:29 21 thg 10, 2026

Photo1/2
QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!

Til – millatning borligi, madaniyati va ruhiyatining ko‘zgusidir. Ona tilimiz – o‘zbek tili mustaqil davlatimizning, millatimiz timsoli, milliy o‘zligimizning mustahkam poydevori hisoblanadi!

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalari jamoasi 🇺🇿 21-oktabr - O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan sana munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy qutlab, ona tilimizni doimo qadrlab, uning rivojlanishi uchun munosib hissa qo‘shishga chaqiradi.

✍️ Tilga boʻlgan hurmat eng avvalo oʻzligimizga, shaʼnimizga boʻlgan hurmat ekanligini aslo unutmaylik!

#Kadastr #muhim_sanalar #ona_tilim_faxrim #matn

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼 
🚀 Telegram |📷 Instagram |🔵Facebook
508009
TOSHKENT SHAHAR KADASTR logo
TOSHKENT SHAHAR KADASTR

20:40 20 thg 10, 2026

Video
🎬🎬🎬🎬

BRIFING: AHOLI MUROJAATLARI VA ULARNING NATIJALARI

Aholi murojaatlari bilan ishlash, odamlarni qiynab kelayotgan muammolarga yechim topish – davlat idoralari faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi Ijro intizomi nazorati va murojaatlar bilan ishlash sho‘basi boshlig‘i U.Obidjonov ishtirokida tashkil etilgan brifingda 2026-yilning 9 oyida ko‘rib chiqilgan murojaatlar va ularning natijalari haqida ma'lumot berildi.

#Kadastr #brifing #murojaatlar #video

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼 
🚀 Telegram |📷 Instagram |🔵Facebook
634009
TOSHKENT SHAHAR KADASTR logo
TOSHKENT SHAHAR KADASTR

18:35 20 thg 10, 2026

Video
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

“Siz mamlakatingizni dunyoga ochdingiz!”

🇺🇸 AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarga yuksak baho berdi.

Bu e’tirof 🇺🇿O‘zbekistonning ochiq siyosati va xalqaro maydondagi nufuzi ortib borayotganining muhim ifodasidir.

🇺🇿 Telegram   |  🇺🇿 Instagram    |  🇺🇿YouTube    | 🇺🇿  Facebook       | 🇺🇿 Web-sayt    |  🇺🇿X
608009
TOSHKENT SHAHAR KADASTR logo
TOSHKENT SHAHAR KADASTR

16:59 20 thg 10, 2026

Photo1/2
🎬🎬🎬🎬 🗂🗂🗂🗂 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha bosh mutaxassisi M.Azimov Uza saytiga bergan intervyusida 937-sonli Qonun ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan xatlov natijalari haqida ma'lumot berdi.

"Bu ko‘rsatkich shunchaki hisobotdagi quruq raqamlar emas. Bu — yillar davomida hujjat sabab sarson bo‘lgan oilalarning xotirjamligi, ro‘yobga chiqqan orzulari hamda kadastr sohasi fidoyilarining tunu kun olib borgan mashaqqatli mehnati mahsuli", - deyiladi maqolada.

▶️ Batafsil

#Kadastr #oav_biz_haqimizda #xatlov2026 #matn

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼 
🚀 Telegram |📷 Instagram |🔵Facebook
1,1300011
TOSHKENT SHAHAR KADASTR logo
TOSHKENT SHAHAR KADASTR

15:29 20 thg 10, 2026

Photo1/2
📣📣📣📣 📝📝📝📝

📣 DIQQAT E’LON! 📣

📍Poytaxtimizning Chilonzor tumani fuqarolari va tadbirkorlari!

📃 Sizning kadastr sohasi bilan bog‘liq murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida ⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

🗓Kuni: 2026-yil, 22-oktabr, soat 10:00 dan.

📞 Qo‘shimcha ma'lumot uchun: (+99871) 279-21-06.

▶️ Manzil: Chilonzor tumani, Beshqo'rg'on MFY binosi.

📌Joylashuv

#Kadastr #sayyor_qabul #Chilonzor #matn

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼 
🚀 Telegram |📷 Instagram |🔵Facebook
1,0400010
TOSHKENT SHAHAR KADASTR logo
TOSHKENT SHAHAR KADASTR

14:29 20 thg 10, 2026

Video
⚡️Ko‘p qavatli uylarni qurishda yashil hudud, bolalar maydonchasi, avtoturargohlar inobatga olinishi shart

🏗 Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi ijtimoiy tarmoqlarda urbanizatsiya va shaharsozlik muammolari bo‘yicha e’lon qilinayotgan murojaat va postlarni kuzatib bormoqda.

Shulardan kelib chiqib, quyidagilarni ma’lum qilamiz.

🏢 Qurilishi rejalashtirilayotgan har bir loyihaga kompleks qurilish tamoyili asosida yondashib, uy-joylar bilan birga maktab, bog‘cha, ijtimoiy obyektlar, yo‘l, infratuzilma, hududda kamida 30 foizida yashil hudud inobatga olinishi kerak. Yer maydoni 1 gektargacha bo‘lgan kichik va zich qurilishlardan voz kechish zarur.

🛡 Shu bois Urbanizatsiya milliy qo‘mitasi hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlariga kelib tushgan loyihalarni ko‘rib chiqishda quyidagi 3 ta asosiy jihatga e’tibor qaratmoqda:

✔️ Tasdiqlangan Bosh rejaga mosligi. Loyiha hududning tasdiqlangan Bosh rejasiga muvofiq bo‘lishi shart.
✔️ 30 foizlik yashil hudud mavjudligi.  Yashil maydonlar shaharning ekologik muvozanati va aholining sog‘lom muhitda yashashi uchun zarur.
✔️ Binolarning qavatlar sonining mutanosibligi. Qavatlar soni hududdagi kommunal va ijtimoiy infratuzilma imkoniyatlariga mos bo‘lishi kerak.

⚠️ Shundagina shaharlarimiz rivojlanadi, noqonuniy, nuqtali qurilishlarga barham beriladi, aholi uchun qulay, kelajak avlod uchun to‘g‘ri rejalashtirilgan shaharlar yaratiladi.

Bizni kuzatib boring!
Telegram|Facebook| Instagram |Youtube
5570011
TOSHKENT SHAHAR KADASTR logo
TOSHKENT SHAHAR KADASTR

12:29 20 thg 10, 2026

Photo1/2
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇 📑📑📑📑

2027-YILGI XATLOV REJASI: MIROBOD TUMANI

🇺🇿 O‘RQ-937-sonli Qonun ijrosi yuzasidan 2027-yilda Toshkent shahrining Mirobod tumanida xatlov qilinadigan mahallalar ro‘yxati.

✅Batafsil Reja-jadval bilan etirof.kadastr.uz axborot tizimi orqali tanishish mumkin.

✍️ Izoh: Mahalla va xatlov o‘tkaziladigan muddatlari MFY ma’muriy hududiy chegaralari o‘zgarishi (qisqarishi, birlashtirilishi), xatlovdan o‘tkazish jarayonida xonadonlarga kirish imkoniyatlari yaratilishi hamda noqulay ob-havo sharoitiga qarab o‘zgarishi mumkin.

#Kadastr #xatlov2027 #reja_jadval #infografika #Mirobod

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram |📷 Instagram |🔵Facebook
671009
TOSHKENT SHAHAR KADASTR logo
TOSHKENT SHAHAR KADASTR

22:10 16 thg 10, 2026

Video
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

2 KUNDA 200 NAFARDAN ORTIQ FUQARONING MUROJAATI TINGLANDI.

📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasida 🌟Kadastr agentligi direktori v.b. Sadriddin Turdiyev boshchiligida tashkil etilgan sayyor qabul Beruniy tumanida davom etdi.

🔹Joriy yilning 15–16-oktabr kunlari o‘tkazilgan sayyor qabullarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining 17 ta tuman va shahridan kelgan 200 nafardan ortiq fuqaro hamda tadbirkorlarning yer va kadastr sohasiga oid murojaatlari tinglandi.

Xususan, 15-oktabr kuni 12 ta tuman va 1 ta shahar aholisi tomonidan 136 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, 16-oktabr kuni Beruniy tumanida davom etgan qabulda Beruniy, Ellikqal’a, To‘rtko‘l va Amudaryo tumanlaridan kelgan fuqarolar tomonidan 72 ta murojaat bildirildi.

✅Sayyor qabullar davomida fuqarolar va tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar, ko‘chmas mulk obyektlariga oid kadastr hujjatlari hamda sohaga taalluqli boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar atroflicha o‘rganildi.

Murojaatlarning vakolat doirasida hal etilishi mumkin bo‘lganlari yuzasidan tegishli huquqiy tushuntirishlar berilib, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar nazoratga olindi. Ularning qonunchilikda belgilangan tartibda hal etilishini ta’minlash bo‘yicha mas’ul xodimlarga aniq vazifalar yuklatildi.

📌 Eslatma: Sayyor qabul 17-oktyabr kuni Xorazm viloyati Urganch shahrida o’tkaziladi.
📍 Manzil: Urganch shahar "Feruz" MFY "Pahlavon Mahmud" ko‘chasi, 59/2-uy (Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi) Mo‘ljal: Amir Temur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i.

⏲️ Boshlanish vaqti soat 10:00 da.

📞 Murojaat uchun: +998 (62) 224-67-05 +998 (62) 22-67-02


#Kadastr_agentligi #Sayyor_qabul

🇺🇿 Telegram   |  🇺🇿 Instagram    |  🇺🇿 YouTube    | 🇺🇿 Facebook       | 🇺🇿 Web-sayt | 🇺🇿 X
219008
TOSHKENT SHAHAR KADASTR logo
TOSHKENT SHAHAR KADASTR

17:59 16 thg 10, 2026

Video
🗂🗂🗂🗂 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

FILIAL BOSHLIGʻI ISHTIROKIDA BRIFING

🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi Chilonzor tumani filiali boshlig'i A.Mirzayev ishtirokida brifing o‘tkazildi.

◼️Unda 🌏 “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli Qonun ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumot berildi.

#Kadastr #brifing #xatlov2026 #Chilonzor #korrupsiyaga_qarshi #video

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼 
🚀 Telegram |📷 Instagram |🔵Facebook
4260010
TOSHKENT SHAHAR KADASTR logo
TOSHKENT SHAHAR KADASTR

16:59 16 thg 10, 2026

Photo
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

XATLOVDAN ISHCHI KOMISSIYAGACHA: JARAYON QANDAY AMALGA OSHIRILADI?

✅ Ko‘chmas mulk obyektlarini xatlovdan o‘tkazish, elektron yig‘majildlarni shakllantirish va hujjatlarni ishchi komissiyaga taqdim etish bir necha bosqichda amalga oshiriladi.

Jarayon quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

🧢 Mahalla va inventarizatsiya hududlari chegaralarini belgilash;
🧢 Ko‘chmas mulk obyektlarini xatlovdan o‘tkazish;
🧢 Xatlov ma’lumotlarini UZKAD axborot tizimiga ko‘chirish;
🧢 UZKAD tizimida elektron yig‘majildlarni shakllantirish;
🧢 Ma’lumotlarni qonunchilikda belgilangan 8 ta toifa bo‘yicha ajratish va ishchi komissiyaga taqdim etish.

📊 Jarayonning barcha bosqichlari bilan infografika orqali tanishing!
___

ОТ ИНВЕНТАРИЗАЦИИ ДО РАБОЧЕЙ КОМИССИИ: КАК ОРГАНИЗОВАН ПРОЦЕСС?

✅ Инвентаризация объектов недвижимости, подготовка электронных дел и передача материалов рабочей комиссии осуществляются в несколько этапов.

Процесс включает в себя:

🧢 Определение границ махаллей и территорий инвентаризации;
🧢 Проведение инвентаризации объектов недвижимости;
🧢 Перенос данных инвентаризации в информационную систему UZKAD;
🧢 Оформление электронных дел в системе UZKAD;
🧢 Распределение сведений по 8 категориям, предусмотренным законодательством, и представление их рабочей комиссии.

📊 Ознакомьтесь со всеми этапами процесса в инфографике!
___

FROM INVENTORY TO THE WORKING COMMISSION: HOW DOES THE PROCESS WORK?

✅ The inventory of real estate properties, preparation of electronic files, and submission of documents to the working commission are carried out in several stages.

The process includes:

🧢 Defining the boundaries of mahallas and inventory areas;
🧢 Conducting an inventory of real estate properties;
🧢 Transferring inventory data to the UZKAD information system;
🧢 Preparing electronic files in the UZKAD system;
🧢 Classifying the data into 8 categories established by law and submitting it to the working commission.

📊 Explore all stages of the process in the infographic!

📶 Website | 📱Telegram | 📱Instagram | 📱YouTube | 📱Facebook
283008
TOSHKENT SHAHAR KADASTR logo
TOSHKENT SHAHAR KADASTR

15:29 16 thg 10, 2026

Video
🎬🎬🎬🎬

◼️Xabaringiz bor, ⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari mas’ul xodimlarining 📍Toshkent viloyatidagi 48-son manzil-koloniyasiga profilaktik tashrifi tashkil etilgan edi.
Mazkur tadbir quyidagi OAV hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritildi:

➡️ Temp Fm radiosida;
➡️ Grand radiosida;
➡️ Uza saytida;
➡️ Platina uz saytida;
➡️ Effekt uz telegram kanalida;
➡️ Antikorrupsiya telegram kanalida;
➡️ Korrupsiyasiz jamiyat telegram kanalida; ( 1, 2 )
➡️ Hurfikr uz telegram kanalida;
➡️ Antikorrupsiya feysbuk sahifasida;
➡️ Ochun uz telegram kanalida.

#Kadastr #oav_biz_haqimizda #korrupsiyaga_qarshi #radio

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram |📷 Instagram |🔵Facebook
3480010
TOSHKENT SHAHAR KADASTR logo
TOSHKENT SHAHAR KADASTR

14:29 16 thg 10, 2026

Photo
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🗂🗂🗂🗂

EGALIK HUQUQINI RO'YXATDAN O'TKAZISHNI KECHIKTIRMANG!

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi hududida O‘RQ-937-sonli Qonun asosida ko‘plab yurtdoshlarimizning uy-joylariga nisbatan egalik huquqlari eʼtirof etilmoqda.

⚡️Huquqingizni Qonun tan oldi, mulk sizniki!

❕Ammo esda tuting! Qonunga ko‘ra, huquqingiz e‘tirof etilgandan keyin uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishingiz shart!

⚡️ Ro‘yxatdan o‘tkazmasangiz, jarima qo‘llanilishi va hujjatlaringiz huquqiy kuchga ega bo‘lmasligi mumkin!

✅ Bugun ariza bering!
✅ Ro‘yxatdan o‘tkazing!
✅ Hujjatlaringizni qonuniylashtiring!

#Kadastr #huquqiy_asos #Qonun_937 #matn

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram |📷 Instagram |🔵Facebook
329008
TOSHKENT SHAHAR KADASTR logo
TOSHKENT SHAHAR KADASTR

13:05 16 thg 10, 2026

Photo
🟦🟦🟦 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

TOSHKENT SHAHRIDA 921 NAFAR FUQARONING MULKIY HUQUQLARI E'TIROF ETILDI

◾️Xalq deputatlari Toshkent shahri Kengashining navbatdagi sessiyasida 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan xatlov ishlari natijasiga ko‘ra, yana 921 nafar fuqaroning yakka tartibdagi uy-joylari, ular joylashgan yer uchastkalariga nisbatan egalik huquqlari e'tirof etildi.

◾️Shu tariqa, Toshkent shahrida “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi bo‘yicha huquqlari e'tirof etilgan fuqarolar soni 1 848 nafarga yetdi.

✅ Har bir e’tirof etilgan huquq — fuqarolar xotirjamligi, oilalar farovonligi va qonuniy manfaatlar himoyasining muhim ifodasidir.
Мa'lumot o‘rnida: bugungi kunga qadar kadastr muhandislari tomonidan poytaxt mahallalarida joylashgan 92 000 dan ziyod ko‘chmas mulk obyekti to‘liq xatlovdan o‘tkazildi.

#Kadastr #xushxabar #Qonun_937 #e_tirof #matn

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼 
🚀 Telegram |📷 Instagram |🔵Facebook
1,9300010
TOSHKENT SHAHAR KADASTR logo
TOSHKENT SHAHAR KADASTR

12:29 16 thg 10, 2026

Photo
MUROJAATLAR BILAN ISHLASHDA MAS’ULIYAT OSHIRILADI

🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i A.Yunusov tomonidan bo‘lim boshliqlari, tuman filial rahbarlari ishtirokida aholi murojaatlari bilan ishlash masalasiga bag‘ishlangan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.

◼️Unda dastlab xodimlarga Davlat kadastrlari palatasi raisi v.v.b B.Karimovning 14.10.2026-yildagi 01-01-18215-sonli topshirig‘i va 06.10.2026-yildagi 266-04-sonli buyrug‘i o‘qib eshitirildi.

➡️ Yig‘ilish davomida joriy yilning yanvar–sentabr oylarida kelib tushgan murojaatlar holati, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar atroflicha muhokama qilindi. Murojaatlarni belgilangan muddatlarda o‘rganish, fuqarolarga asosli javob berish va muammolarni vakolat doirasida joyida ijobiy hal etishga alohida e’tibor qaratildi.
Fuqaroning roziligi — xizmat sifatining asosiy mezoni ekani, har bir murojaat ortida insonning huquqi, mulki va ishonchi turganini unutmaslik kerakligi alohida ta'kidlandi.

◼️Shuningdek, xodimlarning ijro intizomiga oid shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish, murojaatlar bilan ishlashda muddatlarga rioya etish va natijadorlikka erishish bo‘yicha kerakli topshiriqlar berildi.

#Kadastr #boshqarma #murojaatlar #yig_ilish #matn

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram |📷 Instagram |🔵Facebook
388008
TOSHKENT SHAHAR KADASTR logo
TOSHKENT SHAHAR KADASTR

11:30 16 thg 10, 2026

Photo
“SIYOSIY-MAʼRIFAT SOATI”

▪️Siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan navbatdagi “Siyosiy-maʼrifat soati” tashkil qilindi.

▪️Unda ⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalari, tuman bo‘lim-filiallar xodimlari ham faol ishtirok etishdi.

#Kadastr #ma_rifat_soati #matn

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼 
🚀 Telegram |📷 Instagram |🔵Facebook
359008
TOSHKENT SHAHAR KADASTR logo
TOSHKENT SHAHAR KADASTR

10:29 16 thg 10, 2026

Photo
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇 📑📑📑📑

2027-YILGI XATLOV REJASI: BEKTEMIR TUMANI

🇺🇿 O‘RQ-937-sonli Qonun ijrosi yuzasidan 2027-yilda Toshkent shahrining Bektemir tumanida xatlov qilinadigan mahallalar ro‘yxati.

✅Batafsil Reja-jadval bilan etirof.kadastr.uz axborot tizimi orqali tanishish mumkin.

✍️ Izoh: Mahalla va xatlov o‘tkaziladigan muddatlari MFY ma’muriy hududiy chegaralari o‘zgarishi (qisqarishi, birlashtirilishi), xatlovdan o‘tkazish jarayonida xonadonlarga kirish imkoniyatlari yaratilishi hamda noqulay ob-havo sharoitiga qarab o‘zgarishi mumkin.

#Kadastr #xatlov2027 #reja_jadval #infografika #Bektemir

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram |📷 Instagram |🔵Facebook
372009
TOSHKENT SHAHAR KADASTR logo
TOSHKENT SHAHAR KADASTR

08:29 16 thg 10, 2026

Photo
KO‘CHMAS MULK SOTIB OLISHDAN OLDIN TAQIQ BOR-YO‘QLIGINI TEKSHIRING!

◾️Ko‘chmas mulkni xarid qilish jarayonida bitim notariusga yetganda obyektga nisbatan taqiq yoki boshqa cheklovlar mavjudligi aniqlansa, bu ortiqcha vaqt va ovvoragarchilikka sabab bo‘lishi mumkin.

◼️Buning oldini olish uchun ko‘chmas mulkni sotib olishdan avval “Kadastr obyektiga taqiqni tekshirish” xizmatidan foydalaning.

📲 Xizmatdan Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali foydalanish mumkin.

✅ Taqiq va cheklovlarni oldindan tekshirish:
— mulk garovda ekanini aniqlashga;
— sud yoki MIB tomonidan qo‘yilgan cheklovlardan xabardor bo‘lishga;
— mulkning huquqiy holatini baholashga;
— mablag‘ingizni ehtimoliy firibgarliklardan himoya qilishga yordam beradi.

⚡️Unutmang: ko‘chmas mulk sotib olishdan oldin uning nafaqat kadastr hujjatlarini, balki huquqiy holatini ham tekshiring!

#Kadastr #kadastr_xizmatlari #matn

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼 
🚀 Telegram |📷 Instagram |🔵Facebook
4190010

Showing 30 of 131 posts

Xếp hạng

Yêu cầu đăng nhập

Frequently Asked Questions

Kênh Telegram TOSHKENT SHAHAR KADASTR nói về gì?+

TOSHKENT SHAHAR KADASTR (@kadastr_uzb) là kênh Telegram thuộc danh mục Matka & Xổ số trên tgdio. Xem xếp hạng, đánh giá, nhận xét và bài đăng trước khi đăng ký. Hiện có khoảng 3.514 người đăng ký trên tgdio.

Làm sao để tham gia TOSHKENT SHAHAR KADASTR (@kadastr_uzb)?+

Mở hồ sơ trên tgdio, dùng Join / Open in Telegram để đăng ký @kadastr_uzb miễn phí.

TOSHKENT SHAHAR KADASTR có phải kênh Matka & Xổ số tốt không?+

Trên tgdio hãy xem đánh giá, nhận xét, xếp hạng và bài đăng của TOSHKENT SHAHAR KADASTR trước khi tham gia. Hiện có khoảng 3.514 người đăng ký trên tgdio. So sánh với các kênh Matka & Xổ số tương tự.

Xem thống kê và bài đăng TOSHKENT SHAHAR KADASTR ở đâu?+

Trên tgdio, mở trang @kadastr_uzb để xem thống kê, xếp hạng, đánh giá và bài đăng.