Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi "El-yurt umidi" jamg‘armasi ijrochi direktori bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi
Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi Farxod Ermanov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha "El-yurt umidi" jamg‘armasi ijrochi direktori Gulnoza Ismailova bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Filial boshlig‘i Adilbek Reimbayev hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari Bayram Otemuratov ishtirok etdi.
Unda mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning xorijiy nufuzli ta’lim muassasalarida tahsil olishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda kelgusidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, mart oyida respublika hududlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi kunlarini tashkil etish rejalashtirilgani ham qayd etildi. Mazkur tashabbus doirasida hududlarda iqtidorli yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish, ularni jamg‘arma imkoniyatlari va mavjud stipendiya dasturlari bilan yaqindan tanishtirish, istiqbolli kadrlarni aniqlash hamda ularni qo‘llab-quvvatlash masalalari ham atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, yoshlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarish va ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish izchil davom ettirilishi bo’yicha kelishib olindi.
———
Qaraqalpaqstan Respublikası Ministrler Keńesiniń Baslıǵı "El-yurt umidi" qorınıń atqarıwshı direktorı menen ushırasıwı bolıp ótti
Búgin Qaraqalpaqstan Respublikası Ministrler Keńesiniń Baslıǵı Farxod Ermanov Ózbekstan Respublikası Prezidenti janındaǵı Perspektivalı kadrlardı tayarlaw boyınsha "El-yurt umidi" qorınıń atqarıwshı direktorı Gulnoza Ismailova menen ushırasıw ótkerdi. Ushırasıwda Ózbekstan Respublikası Prezidenti janındaǵı Basqarıw nátiyjeliligi agentligi Qaraqalpaqstan Respublikası Filialı baslıǵı Adilbek Reimbaev hám Qaraqalpaqstan Respublikası Ministrler Keńesi Baslıǵınıń Jaslar siyasatı, sociallıq rawajlandırıw hám ruwxıy-aǵartıwshılıq isleri boyınsha orınbasarı Bayram Otemuratov qatnastı.
Onda mámleketimizde qábiletli jaslardı qollap-quwatlaw, olardıń sırt eldegi abıraylı bilimlendiriw mákemelerinde bilim alıwı ushın jaratılıp atırǵan imkaniyatlar hám keleshektegi birge islesiw máseleleri dodalandı.
Sonday-aq, mart ayında Respublika aymaqlarında Ózbekstan Respublikası Prezidenti janındaǵı Perspektivalı kadrlardı tayarlaw boyınsha "El-yurt umidi" qorınıń kúnlerin shólkemlestiriw rejelestirilgeni de atap ótildi. Usı baslama sheńberinde aymaqlarda qábiletli jaslar menen ushırasıwlar ótkeriw, olardı qordıń imkaniyatları hám ámeldegi stipendiya baǵdarlamaları menen jaqınnan tanıstırıw, perspektivalı kadrlardı anıqlaw jáne olardı qollap-quwatlaw máseleleri de hár tárepleme dodalandı.
Ushırasıw juwmaǵında tárepler óz-ara birge islesiwdi bunnan bılay da bekkemlew, jaslardıń potencialın júzege shıǵarıw hám olardı qollap-quwatlawǵa qaratılǵan birgeliktegi joybarlardı ámelge asırıw izbe-iz dawam ettiriliwi boyınsha kelisip alındı.
https://gov.uz/oz/karakalpakstan https://t.me/QResMinistrlerKenesi |
http://instagram.com/qr.ministrlerkenesi |
https://www.facebook.com/profile.php?id=61572924556334