O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq sport sohasida yuqori natijalarga erishib, fidoyilk bilan faoliyat koʻrsatib kelayotgan bir guruh sportchi va murabbiylar mukofotlandi:
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan
🟢Aslanova Yelena Yurevna - Samarqand viloyati gimnastika turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi katta murabbiysi
🟢Temirov Vohidjon Omonovich - Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining yunon-rum kurashi bo‘yicha katta murabbiysi, Toshkent viloyati
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
🟢Annakulov Omon Bobokulovich - Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi murabbiysi
🟢Assakalov Rustam Sxatbiyevich - Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiysi
“Do‘stlik” ordeni bilan
🟢Madrimov Israil Modraximovich - professional bokschi
“Sog‘lom turmush” medali bilan
Jalolov Ulug‘bek Muzafarovich - Kitob tumanidagi 45-umumiy o‘rta ta’lim maktabining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi, tuman 1-son sport maktabi
treneri, Qashqadaryo viloyati
“Kelajak bunyodkori” medali bilan
🟢Baxtiyarova Diana Daniyar qizi - Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi o‘qituvchisi
🟢Yeraliyev Xudiyar Baxtiyarovich - Mo‘ynoq tumani sport maktabining futbol bo‘yicha murabbiysi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
“Shuhrat” medali bilan
🟢Karimov Muzafar Kuvondikovich - Yengil atletika bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi murabbiysi
🟢Rasulov Zokir Pardayevich - O‘zbekiston davlat sport akademiyasining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori
https://gov.uz/sport/ |
https://t.me/Minsportuz |
http://fb.com/MinistrySportUz |
https://www.instagram.com/minsport.uz/ |
http://bit.ly/30pICdW