Diplomat (Sobirov) Telegram channel photo

Diplomat (Sobirov)

@pan_diplomatPublic Channel

Tarix, siyosat va ideologiya. Youtube: www.youtube.com/@pan_diplomat Instagram: www.instagram.com/pan_diplomat Muallifga yozish: @PanDiplomat

Chính trịTiếng ViệtViệt Nam

564

Last views

4.5k (4,467 subscribers)
Thành viên
—
Rating
41
Total Posts
Oct 17, 2026, 7:06 PM
Cập nhật
May 3, 2026
Created
Stats

Bạn đang xem nội dung bằng tiếng Việt. Vui lòng thay đổi ngôn ngữ trang web để xem nội dung bằng các ngôn ngữ khác.

Channel Information

Channel Information
Channel NameDiplomat (Sobirov)
Username@pan_diplomat
CategoryChính trị
LanguageTiếng Việt
CountryViệt Nam
Thành viên4,467
Channel TypePublic Channel
Created3 thg 5, 2026
Last Updated17 thg 10, 2026 • 6 ngày trước
StatusActive

Xếp hạng

Xếp hạng toàn cầu
#162953+398
Xếp hạng ngôn ngữ
#3138+33
Xếp hạng danh mục
#3286-5

Tăng trưởng người đăng ký

Tổng cộng: 4.5K30 Days growth: +120.3%
09/1809/2309/2810/0310/0810/1310/17
Tăng trưởng người đăng ký - 30 Days
DateSubscribers
18:09:20264,455
19:09:20264,455
20:09:20264,432
21:09:20264,432
22:09:20264,432
23:09:20264,432
24:09:20264,432
25:09:20264,432
26:09:20264,432
27:09:20264,432
28:09:20264,432
29:09:20264,432
30:09:20264,432
01:10:20264,432
02:10:20264,432
03:10:20264,432
04:10:20264,432
05:10:20264,432
06:10:20264,432
07:10:20264,432
08:10:20264,432
09:10:20264,432
10:10:20264,432
11:10:20264,432
12:10:20264,432
13:10:20264,432
14:10:20264,432
15:10:20264,432
16:10:20264,432
17:10:20264,467
Tăng trưởng người đăng ký - Weekly
DateSubscribers
Week of 27:04:20264,770
Week of 04:05:20264,753
Week of 11:05:20264,753
Week of 18:05:20264,753
Week of 25:05:20264,753
Week of 01:06:20264,753
Week of 08:06:20264,753
Week of 15:06:20264,753
Week of 22:06:20264,753
Week of 29:06:20264,753
Week of 06:07:20264,569
Week of 13:07:20264,569
Week of 20:07:20264,569
Week of 27:07:20264,569
Week of 03:08:20264,569
Week of 10:08:20264,569
Week of 17:08:20264,475
Week of 24:08:20264,475
Week of 31:08:20264,477
Week of 07:09:20264,455
Week of 14:09:20264,432
Week of 21:09:20264,432
Week of 28:09:20264,432
Week of 05:10:20264,432
Week of 12:10:20264,467
Tăng trưởng người đăng ký - Monthly
DateSubscribers
May 20264,753
June 20264,753
July 20264,569
August 20264,475
September 20264,432
October 20264,467
Tăng trưởng người đăng ký - Yearly
DateSubscribers
20264,467

Bài đăng gần đây

Diplomat (Sobirov) logo
Diplomat (Sobirov)

10:07 21 thg 10, 2026

Kanadaning Alberta shtati aholisi Kanadadan ajralish bo‘yicha referendum o‘tkazishdan bosh tortibdi. Albertaliklar kelajak Kanada bilan debdi. Alberta Kanadaning eng sanoatlashgan hududi, ajralishga salohiyatli edi, ammo aholi populist siyosatchilar kutgan ovozni bermabdi.

Mana shu keys Shotlandiya va Uelsga ham o‘xshaydi. Albatta ular farqli millatlar deyish mumkin, lekin Kanadada ham bir millat yo‘q. Aksincha, shotlandlar va uelsliklar Britaniya bilan birlashganiga ko‘proq vaqt ham bo‘lgan.

Shuning uchun, Shotlandiya va Uels Britaniyadan ajralishi haqidagi gaplar populist siyosatchilarning ma’lum bir davrda ommaviy bo‘lishiga urinishidek. Menimcha baribir ular ajralmaydi. Shimoliy Irlandiya esa boshqacharoq. U yerda motivlar bor.

Umuman aholi bir davlatdan referendum bilan ajralishni qo‘llashi uchun juda muhim g‘oyaviy kurash yoki voqea bo‘lmasa qiyin. Postsovet davlatlarida ham aholi aslida mustaqillikni to‘la yoqlab ovoz bermagan, chunki voqealar juda tez yuz bergan va odamlar shoshib qolgan. Haliyam taqchillik bo‘lib, tuzumdan ma’lum norozilik hissi paydo qilgan.

Insonlarning askari konservativ bo‘ladi, ayniqsa yoshi katta odamlar bir tuzum o‘zgarib ketishini qabul qilishi qiyin.

@pan_diplomat
5640013
Diplomat (Sobirov) logo
Diplomat (Sobirov)

18:08 20 thg 10, 2026

Video
Amerikaliklar Bayden davrida “yonilg‘i narxlari ko‘tarilib ketdi”, “Ukrainaga yordam berishni to‘xtatish kerak, bu yonilg‘i narxlariga ta’sir qilyapti” deb dod solayotgandi. Tramp ham shunga e’tibor qaratib, prezident bo‘lsa narxlarni pasaytirishga va’da bergandi.

Eron bilan urush boshlangandan ko‘p o‘tmay AQSHda ham yonilg‘i narxlari jiddiy ko‘tarilib ketdi. Mana endi dizel narxlari oshib ketgani uchun Tramp fermerlarga 8 mlrd dollarlik yordam paketi ajratishini e’lon qilibdi. Bu yaqin qolgan saylovda farmerlar qo‘llovidan ayrilmaslik uchun ham qilingan, chunki ular respublikachilardan juda norozi.

Populistlar va ularning va’dalari amaliyotiga oddiy misol.

@pan_diplomat
9220040
Diplomat (Sobirov) logo
Diplomat (Sobirov)

15:10 19 thg 10, 2026

Video
Rubio O‘zbekistonda jurnalistga – O‘zbek tilida gapiryapsizmi?

Jurnalist – Yo‘q, men ruscha gapiraman.

@pan_diplomat
1,84000126
Diplomat (Sobirov) logo
Diplomat (Sobirov)

10:12 19 thg 10, 2026

Rubio Lavrovdan farqli o‘laroq Baxtiyor Saidovning qo‘lini qaytamay, quchoqlashibdi. Xuddi og‘aynilardek “besh tashagan”.

Shubhasiz, Saidov Rubiodan ko‘ra, Lavrov bilan ko‘proq ko‘rishgan, gaplashgan, ammo butun dunyoni o‘ziga dushman qilib olgan shimolliklar ularni hurmat qilib turganlar bilan ham do‘stlardek ko‘rishishni xohlamaydi.

@pan_diplomat
Video Thumbnail
1,5200084
Diplomat (Sobirov) logo
Diplomat (Sobirov)

10:13 17 thg 10, 2026

Photo1/2
Ikkinchisi, o‘zbekistonliklarga ancha tanish Paolo Zampolli. AQSH Prezidentining global hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili bo‘lgan Zampolli, Tramp va uning xotini Melaniyani tanishtirib qo‘ygani bilan tanilgan.

Uning ketishiga ham yana o‘sha jurnalistlar sabab bo‘lgan. 15-oktabrda Politico nashrida Zampolli va AQSH Davlat kotibi (Tashqi ishlar vaziri) o‘rinbosari Kristofer Landau o‘rtasidagi mojarolar haqida maqola chiqadi.

Unda aytilishicha, Landau Zampolliga “ukam, o‘zingda bo‘vurda, faqat madaniy diplomatiya bilan shug‘ullan, tashqi siyosiy va iqtisodiy sohalar sani agarotingdamas” degan. Zampolli esa bunga javoban “okaginam, man faqat Prezident oldida javob beraman” degan. Oxiri ular bir-biriga “kompromatlaringni chiqarvoraman” deb tahdid qilgan.

Shundan keyinTramp Zampollini ishdan bo‘shatibdi. Ayni paytda bu xabarni eshitgan AQSH prokurorlari Zampolliga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik bo‘yicha ish ochishga tayyorgarlikni boshlagan.

@pan_diplomat
1,7200044
Diplomat (Sobirov) logo
Diplomat (Sobirov)

09:59 17 thg 10, 2026

Photo1/2
AQSH Prezidenti administratsiyasida ham bo‘shatishlar yuz beribdi.

Birinchisi, ilk matbuot anjumanidayoq hammani aldayman deb o‘ylab, qovun tushirgan Oq Uy matbuot kotibi Keti Zakariyo 5 kunlik ishdan keyin, bo‘shatilibdi. U ilk matbuot anjumanida jurnalistlarga advokat maqomini Xitoyda olganman degan. Ammo ma’lum bo‘lishicha, Xitoyda chet el fuqarolariga advokat litsenziyasi berilmaydi.

Zakariyo xonim nega amerikalik jurnalistlarni bunchalik go‘l deb o‘ylagani qiziq. Shu tariqa go‘zal Keti eng qisqa vaqt ishlash bo‘yicha yangi rekord o‘rnatgan.

Uni alqab, tayinlagan Tramp esa “Keti, menimcha bu (lavozim) sizga kerak emas” deb dalda beribdi.

@pan_diplomat
1,4900051
Diplomat (Sobirov) logo
Diplomat (Sobirov)

11:13 16 thg 10, 2026

AQSHdagi parlament saylovlari yaqinlashgan sari, Zelenskiyning Tramp bilan munosabatlarda “duxi” oshib bormoqda. Yil boshida ham Ukraina prezidenti Tramp bilan bunday ochiq bahslashmayotgandi.

Zelenskiy ham boshqalar singari demokratlar Kongress saylovida mutlaq g‘alabaga erishib, Trampga bosim o‘tkazishni boshlashiga ishonyapti. Balkim, hatto, impichmentdan umid qilayotgan bo‘lishi ham mumkin.

@pan_diplomat
1,6300047
Diplomat (Sobirov) logo
Diplomat (Sobirov)

10:17 16 thg 10, 2026

Ukrainaning Yandeks data-markazlariga zarbalari Rassiyada sun’iy intellekt rivojlanishini bir necha yilga sekinlashtirishi mumkin ekan. O‘zi Rassiya bu sohada AQSH va Xitoy bilan raqobatlashishga yaqin ham kelmagan, endi esa, katta ehtimol bilan, Qozog‘istondan ham orqada qolishi taxmin qilinibdi.

Ajoyib. O‘rislar tabiiylik tarafdorida baribir.

@pan_diplomat
1,90000100
Diplomat (Sobirov) logo
Diplomat (Sobirov)

17:19 15 thg 10, 2026

Photo1/2
4 ta yangi hokimning faqat bittasi galstuk taqibdi.

Lekin ularning shefi, Toshkent shahar hokimi ham deyarli umuman galstuk taqmaydi, hatto eng yuqori majlislarda ham.

Negativ emas, shunchaki kuzatuv. Yana hokimlar xafa bo‘lib yurmasin. Hammasiga omad.

@pan_diplomat
2,0500041
Diplomat (Sobirov) logo
Diplomat (Sobirov)

12:51 14 thg 10, 2026

“Ikkinchidan, onasi taklif etayotgan to‘y ikki ming so‘mdan arzoniga tushmaydi. Shu ikki ming so‘m ham yigitda yo‘qdir. U chorasiz qolib, bu muammoni hal etish uchun onasiga qayta-qayta uni uylantirish orzusidan voz kechishni so‘raydi. Onasi qabul qilmaydi.

“Uylanishingni va to‘yingni ko‘rmay, o‘lish men uchun baxtsizlikdir. Oq qilaman, oq sutimga rozimasman”, — deb o‘z farzandini qiynaydi” — Abdurauf Fitratning “Oila” asaridan.

Oradan 100 yil o‘tsa ham o‘zbeklarning shu odati umuman o‘zgarmagan. Faqat hozir asosan bobo-momolar bu usulni qo‘llaydi.

@pan_diplomat
2,0100062
Diplomat (Sobirov) logo
Diplomat (Sobirov)

18:06 13 thg 10, 2026

Video
Tramp partiyadoshi Jon Hasted haqida:

“Men uning tanasiga qaray boshladim, chunki u ajoyib atlet ekanidan xabarim yo‘q edi. Men unga boshdan oyoq razm soldim. Uning k*tiga va boshqa joylariga qaradim (I looked at his ass and I looked at the whole)...Keyin qo‘llariga qaradim”.

Nima ham deyish mumkin — shu odamga ovoz berib, saylashgan.

@pan_diplomat
2,4300057
Diplomat (Sobirov) logo
Diplomat (Sobirov)

11:22 13 thg 10, 2026

Kecha O‘zbekiston Mudofaa vaziri o‘zgarib, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Mudofaa vaziri bo‘libdi. Qudratxo‘jayev asli prokuratura tizimidan chiqqan ekan, ya’ni begona emas, u ham kuchishlatar tizim vakili.

O‘zi O‘zbekistonda fuqarolik tizimi xodimlari ko‘p ham kuchishlatar tizimlar rahbarligiga o‘tmaydi. Adashmasam, G‘afur G‘ulomning o‘g‘li Qodir G‘ulomov oxirgi fuqarolik tizimidan bo‘lgan Mudofaa vaziri edi (pastdagi rasmda AQSH Mudofaa vaziri Ramsfeld bilan).

Kuch tizimlariga rahbarlar asosan tizim ichidan olinadi. Biroq kuch tizimidan fuqarolik idoralari rahbarligiga o‘tish tez-tez kuzatilib turadi. Masalan, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hokimlari kuch tizimi kadrlari.

Lekin O‘zbekistonda muvozanat nisbatan ancha yaxshi. Ya’ni, harbiylar Rassiyadagi kabi yoppasiga fuqarolik tizimlari rahbarligini egallamagan. Rassiyaning aksar vazir, gubernatorlari sobiq kuchishlatarlar (masalan Prezident maslahatchisi Dyumin).

Endi Qozog‘istonda ham shu tendensiya boshlanibdi. To‘qayev o‘zining qo‘riqlash xizmati vakillarini yuqori lavozimlarga tayinlash kampaniyasi olib bormoqda.

@pan_diplomat
2,1100026
Diplomat (Sobirov) logo
Diplomat (Sobirov)

15:54 08 thg 10, 2026

Yangi Tolibon vakillari allaqachon o‘tmishdoshlari rekordini yangiladi, ya’ni 1996-yil 27-sentabrda Kobulni egallagan toliblar, uni 2001-yil 12-noyabr kuni tashlab chiqib ketgandi. Shu tariqa Tolibon birinchi hukmronlikda jami 1872 kun hokimiyatda bo‘ldi.

2021-yil 15-avgustda Kobulga kirgan Tolibon kuchlari hozir ham iqtidorda. 8-oktabr kuni bilan hisoblaganda ularning hokimiyati 1880 kundan beri davom etmoqda.

Ya’ni, ular hokimiyatni ushlab turish borasida o‘tmishdoshlaridan o‘zib ketdi.

Va hozirda Tolibonning Afg‘onistondagi hukmronligiga hech qanday jiddiy tahdid yo‘q va demak ularning hokimiyati hali yana ancha davom etadi.

@pan_diplomat
3,5100054
Diplomat (Sobirov) logo
Diplomat (Sobirov)

15:56 07 thg 10, 2026

AQSHda o‘lim jazosiga hukm qilingan jinoyatchi ikki marta ham qatldan keyin tirik qolibdi. Uni ineksiya yuborish, ya’ni, vena tomiriga o‘ldiruvchi dorilar yuborish orqali o‘ldirish kerak bo‘lgan, ammo ikki marta ham yetarli doza berilmay, o‘lmay qolgan.

Ineksiya yuborish orqali o‘ldirishni amerikaliklar osish va otib tashlashdan ko‘ra og‘riqsiz o‘ldiruvchi, ya’ni insoniyroq qatl turi deb ta’riflagandi. Aftidan juda unchalik emas.

Qizig‘i, odamzod doim shunday “oliyhimmatlilik” ko‘rsatishga urinadi. 1789-yilda ham fransuzlar jinoyatchilarni tezroq, “insoniyroq o‘ldirish” uchun gilyotina ixtiro qilgandi. Tan olish kerak, fransuzlar ixtirosi amerikaliklarnikiga qaraganda samarali bo‘lgan.

@pan_diplomat
2,9800084
Diplomat (Sobirov) logo
Diplomat (Sobirov)

10:21 28 thg 9, 2026

To‘qayev Kaspiydagi voqealardan keyin, birdan jazavaga tushib, Mudofaa vaziri Dauren Kosanovni ishdan bo‘shatib, armiyani mas‘uliyatsizlik, “pokazuxa”da ayblabdi.

Lekin To‘qayevning bu ishlari ham navbatdagi “pokazuxa”dek (xuddi “men ikkinchi muddatga saylanmayman” deb, tinmay Konstitutsiyani o‘zgartirayotgani kabi). To‘qayev o‘zi Dauren Kosanovni hokimiyatga olib keldi. Kosanov rahbar paytida Olmaotada harbiy vertolyot yo‘qolib, halokatga uchradi, 3 nafar harbiy halok bo‘ldi. Kosanov voqea joyiga borib, bir nimalar qildi, lekin hech qanday ogohlantirish olmadi.

Keyinroq u vazir bo‘lgandan so‘ng, Qozog‘istonda muddatli harbiy xizmatchilar birin-ketin o‘z joniga qasd qilgani haqida xabarlar chiqdi. To‘qayev chiqib, “bir-ikki holatni tizimli muammo deb atamanglar” deya jurnalistlarni urishib berdi. O‘shanda u jurnalistlarni emas, Mudofaa vazirini urishib berganda ehtimol 14 nafar yosh qozoq yigiti dengizda cho‘kib ketmas edi.

Kosanovning yuqoridagi voqealarga munosabati hammasidan oshib tushgandi. Jurnalistlar undan nega armiyada suitsid ko‘payyotganini so‘raganda, Kosanov “da vi chto” deya kulib yuborgan. Qozog‘istonda bu ko‘pchilikda norozilik uyg‘otgandi.

Bugun endi katta tragediyadan keyin To‘qayev chiqib, vazirni ishdan bo‘shatib, armiya isloh qilinishini aytyapti. Shuni oldinroq, vertolyot qulaganda yoki askarlar o‘z joniga qasd qilganda boshlash mumkin edi. Biroq tipik Sharq davlati sifatida Qozog‘istonda ham kattaroq bir fojia kutildi.

@pan_diplomat

Exclusive.kz

Трагедии казахстанской армии: хроника крупнейших ЧП за годы независимости.

Трагедия на Каспии 24 сентября 2026 года, унесшая жизни 14 военнослужащих, вновь поставила вопрос о безопасности личного состава во время учений и боевой

3,6200047
Diplomat (Sobirov) logo
Diplomat (Sobirov)

10:33 25 thg 9, 2026

Photo1/2
Mana bu rasm ham bir nimalarni tushuntiradi.

Buxoro amirining saroyi, davlat rahbari va bosh vazirning uyi joylashgan, davlat majlislari o‘tkaziladigan Ark darvozasining oldida oddiy buxorolik fuqaro bol (asal) va qordan muzqaymoq qilib sotyapti.

Umuman, Buxoro arki oldida katta bozor bo‘lgan va amirlar doim oddiy odamlar orasidan o‘tib, saroyga kirib-chiqqan.

@pan_diplomat
3,4600069
Diplomat (Sobirov) logo
Diplomat (Sobirov)

10:20 25 thg 9, 2026

Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklaridagi mutlaq monarxiya, ulardagi total nazorat, amir/xon avtokratizmi haqida dahshatli hikoyalar juda ko‘p. Ularni asosan sovet davrida yaratilgan qarashlar deyish mumkin.

Amir va xonlar hamda ularning qo‘l ostidagilar shafqatsiz jazo usullarini qo‘llagan, o‘z shaxsini ilohiylashtirgan, albatta. Biroq sovetlar ta’kidlagandek total, mutlaq diktatura o‘rnatmagan (balkim o‘rnatolmagandir).

Masalan, Xivada ham, Buxoroda ham xalq qo‘zg‘alonlari odatiy hol edi. Qo‘qonda-ku qo‘zg‘onchilar bir necha marta hokimiyatni ham egallagan. 1989-1991-yillarni hisobga olmaganda, SSSR davrida O‘zbekistonda necha marta xalq chiqishi yuz berdi? Ya’ni, sovetlar aslida shafqatsizlik va mutlaq nazorat borasida o‘zbek davlatlaridan ancha yomonroq edi.

Qizillar propaganda orqali xalqni o‘z ota-bobolaridan nafratlanishga o‘rgata oldi.

@pan_diplomat
3,2500051
Diplomat (Sobirov) logo
Diplomat (Sobirov)

15:58 24 thg 9, 2026

Shu mavzudan uzoqlashmasak, millatchi o‘zbek va tojik segmentida samarqandlik hamda buxorolik jadidlar borasida ham tortishuvlar juda ko‘p.

Shu orada ko‘p eshitiluvchi “Buxoro amirligida xalq tili – tojik tili bo‘lgan” iborasiga buxorolik Fitrat asaridan bir parcha keltirish mumkin.

“Yaqinda muhtaram do‘stim va hamfikrim Abdulvohid afandi Munzim menga oila boshqarish bobida bir kitob yozishni ishorat qildi.

Baski, do‘stimning niyati xolis va maqsadi oliy ekan, men inkor qilolmay shu risolani tuzdim. Mening niyatim bu risolani millatimiz tili, ya’ni turkiy chig‘atoyida yozish bo‘lsa ham, ammo muhtaram do‘stimning istagini inobatga oldim” – 1915-yil bosilgan “Oila” asaridan.

Fitrat Buxoro amirligida xalq tili – chig‘atoy tili (eski o‘zbekcha) ekanini boshqa asarlarida ham ta‘kidlagan.

@pan_diplomat
2,9300070
Diplomat (Sobirov) logo
Diplomat (Sobirov)

15:39 24 thg 9, 2026

O‘zbeklar orasida “Fayzulla Xo‘jayev tojik bo‘lgan” deyuvchilar ancha ko‘p. Unga “O‘zbekiston yerlarini Tojikistonga berib yuborgan”, degan ayblovlar ham qo‘yiladi.

Tojikistonda ham Fayzulla Xo‘jayevga bir qator ayblovlar qo‘yiladi. Uni Tojikiston yerlarini O‘zbekistonga o‘tkazishda, O‘zbekistonda yoppasiga panturkcha siyosat olib borganlikda ayblashadi. “1924-yil O‘zbekiston SSR tuzilganda Xo‘jayev jadal turklashtirish-o‘zbeklashtirish o‘tkazgan”, deb tadqiqot qilgan tojik tarixchi olimlari ham bor.

Xullas, ikkala millatni totuv yashatmoqchi bo‘lgan odam ikki millat tomonidan ham tanqid qilinadi.

@pan_diplomat
2,6100062
Diplomat (Sobirov) logo
Diplomat (Sobirov)

08:02 03 thg 9, 2026

Shu kunlarda Afg‘onistonda hokimiyatni Tolibon egallaganiga 5 yil https://i.abcnewsfe.com/a/b9cc6630-a4ca-4c1f-9bec-d889f44baffa/wirestory_6179bb5805731f0c2b6b5b59ea322b6c_16x9.jpg?w=992. Shubhasiz, ushbu hodisa mintaqadasi siyosiy va iqtisodiy muhitga keskin ta’sir ko‘rsatdi.

Afg‘onistonda hokimiyat o‘zgaruvi, 5 yildagi voqealar O‘zbekistonga qanday ta’sir qildi?

Sobiq Afg‘oniston hukumati – xalqaro jamiyat tomonidan qo‘llanuvchi “erkatoy” tuzum edi. Shuning uchun ularda “dux” ko‘proq edi va o‘zaro aloqalarda hatto ustunlikka intilardi. Masalan, 2019-yilda Ashraf G‘ani hukumati Tolibon vakillarining Toshkentda rasmiy qabul qilinganini “tinch muzokaralarga ko‘maklashish” sifatida ko‘rmasligini ma’lum qilib, norozilik https://www.gazeta.uz/oz/2019/08/13/delegation/. Vaholanki, O‘zbekiston tinchlik uchun harakat qilayotgandi.

Tolibon oldingi hokimiyatdan farqli ravishda – xalqaro jamiyatning “nafrati”. Butun dunyo mamlakatlari va ayniqsa, G‘arb u bilan yaqinlashishdan qochadi. Tolibon qo‘mondonlari o‘z hududida turib, qanchalik katta gapirmasin, O‘zbekiston bilan aloqalarda ular “orqa qiladigan” kuch yo‘q. Xitoy O‘zbekistonning ham sherigi, Pokiston esa endi Kobulga dushman.

Tolibonning 5 yilligi ilk navbatda, nihoyat janubiy chegaralarda tinchlik paydo bo‘lishi bilan foydali bo‘ldi. To‘g‘ri, bir-ikki marotaba snaryadlar https://daryo.uz/2022/07/17/afgonistondan-ozbekistonga-snaryad-otganlar-ushlandi-video/, biroq ular bartaraf qilindi. Tolibon shimoldagi boshqa diniy guruhlar bilan kurash olib bordi.

Ikkinchidan, O‘zbekiston ko‘pchilik kira olmaydigan yaxshi iqtisodiy makonga ega bo‘ldi. Masalan, O‘zbekiston yaqinda Toti-Maydonda gaz qidiruv va qazib olish bo‘yicha 10 yillik shartnoma https://www.spot.uz/oz/2025/10/06/gas-afghanistan. 5 trillion kub metr gaz zaxirasi borligi aytiluvchi Afg‘onistonda bunday shartnomaga ega bo‘lish, gazga ehtiyoji tobora oshayotgan O‘zbekiston uchun juda foydali.

Qolaversa, o‘z gazini keng xalqaro bozorga chiqara olmaygan Afg‘oniston gazni ancha past narxlarda sotayotgan bo‘lishi mumkin. O‘zbekistonda elektr energiyasi asosan gazda ishlovchi IES’lardan olinadi va arzon gaz importi biz uchun juda muhim.

2025-yilgi Pokiston-Afg‘oniston to‘qnashuvlaridan keyin esa O‘zbekiston yana bir imkoniyatga ega bo‘ldi. Tolibonning asosiy daromadi Pokistonga ko‘mir sotish edi va nizolardan keyin bu savdo deyarli to‘xtadi. Natijada Kobul Eron va Markaziy Osiyo yo‘nalishiga e’tibor https://timesca.com/uzbekistan-and-taliban-sign-trade-deals-as-coal-shipments-pivot-from-pakistan/.

2025-yil noyabrida toliblar hukumati O‘zbekiston bilan bu borada savdo shartnomalari imzoladi. Unga ko‘ra, afg‘on ko‘miri endi Pokiston o‘rniga O‘zbekistonga eksport qilinadi, buning evaziga O‘zbekiston sement va farmatsevtika mahsulotlari yetkazib https://daryo.uz/2025/11/24/afgoniston-komiri-pokiston-orniga-ozbekistonga-eksport-qilinadi-tolibon/.

Elektr energiya ishlab chiqarishda ko‘mir yoquvchi IES (issiqlik elektr stansiyalari) va aholi orasida ko‘mirga ehtiyoj katta. 2022-yilning 11 oyida O‘zbekiston 105,8 mln dollarlik 2,39 mln tonna ko‘mir import https://kun.uz/news/2023/01/05/15-trillion-som-zarar-parda-ortidagi-ishonchli-boshqaruv-oqibatlari. Afg‘oniston o‘z ko‘mirini Pokistonga 3 baravar arzonga sotganini hisobga olsak, O‘zbekiston ham ancha yaxshi taklif ega bo‘lgan (“narx manipulyatsiyasi” ehtimoli ham bor).

Umuman, O‘zbekiston kompaniyalari Afg‘oniston shimolida faollashdi. Afg‘oniston hozir asosan Xitoy xomashyo bazasiga aylanayotgan bo‘lsa, ko‘pchilik ekpertlar O‘zbekiston ham faol investitsiya kiritayotganini aytmoqda.

Afg‘onistonda to‘xtovsiz elektr yetkazi berish ham Tolibonni ishontirish, undan yanada qulayroq imtiyozlar olishga intilish bo‘lishi mumkin. Ushbu imtiyoz va foydalar byudjetga qanchalik foyda keltirayotgani, shubhasiz, jamlab, e’lon qilinmagan va bu yerda ichki muhitga bog‘langan bir qancha faktorlar bor.
3,3800045
Diplomat (Sobirov) logo
Diplomat (Sobirov)

08:02 03 thg 9, 2026

Davlatdagi yuqori qatlamni qaysi soha vakillari ko‘proq egallashi har doim qiziq mavzu bo‘lib kelgan. Ko‘pchilik iqtisodchilar va yuristlarda davlat boshqaruvida asosiy o‘rin egallaydi deb hisoblaydi. Lekin bu turli davlatlarda turli xil.

AQSH — huquqshunoslar (yuristlar)

AQSH parlamenti tarkibini tahlil qilgan Nik Robinson Amerika elitasining katta qismini yuristlar tashkil qilishini ta’kidlaydi. Ularning “oltin davri” XIX asr o‘rtalarida bo‘lgan: bu paytda Kongressdagi huquqshunoslarning ulushi 80 foizga yetgan. 2020-yil holatiga ko'ra esa, AQSH Kongressi Vakillar palatasi a'zolarining 36,6 foizi va senatorlarning 53 foizi yuridik https://lh5.googleusercontent.com/proxy/mxmDfeHGgdcq_x8yBRNcjrlnqMPSEpmYhlEPcx9t8QRajgcgFn237gehZkvmXRRU9wv7FOLmeR_bGMOM-uST99zNqPkiKmddtOJuLPAEVaLXES3Np9rr9o_TsMQMr1vSHdWFMXo950sUUtWjSKsTkgxHM2hNff6_Qc75 ega insonlar.

Masalan, vitse-prezident JD Vens, Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson ma’lumoti bo‘yicha yurist.

Yevropa — O‘qituvchilar/ziyolilar va biznes vakillari

Yevropa mamlakatlari parlamentlarida ham yuristlar ustun edi, biroq hozir ularning roli pasayib bormoqda. 19 ta Yevropa davlati parlamenti tarkibini tahlil qilish natijalariga ko‘ra, o'qituvchilar va universitet professorlari – 16 foiz, ishbilarmonlar va tadbirkorlar esa 13 foizni ulushni tashkil etgan.
Masalan, Makron iqtisodchi, Ursula fon der Lyayen shifokor, Meloni jurnalist, Merz yurist.

Xitoy — huquqshunoslar va davlat biznesmenlari

Negizi “Ishchi, dehqon, askar ittifoqi” hisoblanuvchi kommunistik Xitoyda oxirgi paytlar “ichchilar” ulushi tobora kamayib bormoqda.

XVI chaqiriqdagi XKP Markaziy Qo'mitasi Siyosiy byurosi tarkibidagi “ko'k yoqalar(texniklar, ishchilar)” ulushi 75 foizga yetgandi, XVII-chaqiriqda esa ularning ulushi 40 foizga kamaydi va o'rinlarni professional huquqshunoslar, davlat kompaniyalari tadbirkorlari egalladi.

Rossiya — iqtisodchilar va injenerlar

Rossiya doimgidek SSSR merosini yo‘qotmay kelyapti. Federal darajadagi (barcha federal hududlardagi) deputatlar orasida hali ham “ishchilar” (injener, texniklar) yetakchi — 30-40 foiz.

Biroq ijro hokimiyatida xususiy va davlat biznesmenlari yaqqol ustun. Bunga yirik korporatsiyalarda (Gazprom, Sber, Alfa-bank, VTB) ijro hokimiyatiga o‘z vakillarini qo‘yish uchun yetarlicha resusrlari borligi sabab bo‘lmoqda. Qolaversa, davlat oligarxlari va davlat tiziminin aralashib ketishi ham ijro hokimiyatida iqtisodchilar ulushi katta bo‘lishiga hissa qo‘shmoqda.
3,2200029
Diplomat (Sobirov) logo
Diplomat (Sobirov)

08:02 03 thg 9, 2026

Video
O‘zbeklar azaldan kam kuladirg‘on millatmu?
3,3500019
Diplomat (Sobirov) logo
Diplomat (Sobirov)

08:02 03 thg 9, 2026

Mahmudxo'ja Behbudiy, "Qasdi Safar":

2-iyunda Bokudan chiqib,Mineralni vo'da(Ma'dan suvlari) muxtasig'a mutavajjih bo'ldikkim, orasi 755 chaqirim bo'lub, bir kecha kunduz yuruldi...

Xalqi bizning pirsiyon,lazgi,dog'istoniy degan xalqlar bo'lib, yana doxilan chechen, qumuq va boshqa ismlar ila ataladur...

Biz turkistoniylar topganimizni to'y, o'luk va ko'pkarig'a sarf qilgandek,bu musulmon qardoshlarimizning aksari o'z molini qiz olib qochib, janjolig'a sarf etmoq, bir-birovlarini o'ldurub, yana qasosi nomashru' tariqida tarafayndan bir nechalab o'ldurub, so'ngra bor pullarini sud-u sinod yo'lig'a va umrlarini Sibiriyo cho'llarig'a sarf qilib, nobud bo'lar ekanlar".
2,7300063
Diplomat (Sobirov) logo
Diplomat (Sobirov)

08:02 03 thg 9, 2026

O‘zbekistonda Prezidentlik muddati o‘zgarishi va unga amal qilish borasida qiziq voqea bor.

2000-yilda Islom Karimov 5 yillik muddatga prezidentlikka saylanadi.

2002-yil O‘zbekistonda prezidentlik muddatini 5 yildan 7 yilga uzaytirish bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tadi va Prezident vakolat muddati 7 yil bo‘ladi.

Biroq shu yili yangi qoida bo‘yicha saylov bo‘lib o‘tmaydi. 2000-yil 5 yil muddatga saylangan Karimov muddati avtomatik ravishda 7 yilga o‘zgaradi va 2007-yil navbatdagi saylovlar bo‘lib o‘tadi.

2011-yil esa Prezidentlik muddati yana 5 yilga qisqartiriladi. Va shu yerda qiziq voqea sodir bo‘ladi.

Prezident vakolat muddati 5 yildan 7 yilga o‘zgarganda avtomatik o‘zgargan muddat bu safar o‘zgarmaydi. Ya’ni, Karimov 2011-yilgi o‘zgarishga qaramay, eski Konstitutsiya bo‘yicha to‘liq 7 yil prezidentlik qiladi va 2015-yilda navbatdagi saylovlar bo‘lib o‘tadi.

Bu keys birinchi ma‘muriyat iloji boricha muddatni surishga intilgani va bu yo‘lda rasmiy qoidalarni ikki xil talqin qilganini ko‘rsatadi.

2023-yilda ham prezidentlik muddati 5 yildan 7 yilga o‘zgardi. Biroq bu safar shu yilning o‘zida 7 yillik muddat uchun yangi, navbatdan tashqari saylov o‘tkazildi.
3,2800075
Diplomat (Sobirov) logo
Diplomat (Sobirov)

08:02 03 thg 9, 2026

Video
O‘zbekistondagi birinchi terrochilik akti qachon sodir bo‘lgandi?

(Spoyler: 1999-yil emas)
3,0700015
Diplomat (Sobirov) logo
Diplomat (Sobirov)

08:02 03 thg 9, 2026

Video
Xalqaro moliyaviy donorlik — bir davlat soliq to‘lovchilarining boshqa davlat amaldorlari cho‘ntagini to‘ldirishimi?

Nega xalqaro yordamlar aksariyat holatda samarasiz?
3,2100027
Diplomat (Sobirov) logo
Diplomat (Sobirov)

08:02 03 thg 9, 2026

Photo
Lekin Qohir Mahkamovni (Tojikiston Prezidenti) ko‘rsam doim Abulfaz Elchibey (Ozarboyjon Prezidenti) ham esga tushadi.

Ularning nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki faoliyati va qarashlari ham o‘xshash. Ikkovi ham 1 yilcha rahbarlik qilgan, milliy g‘oyalarni qo‘llagan va ikkalasi ham yangi respublikaning ilk rahbari bo‘lsa-da, diktatorga aylana olmagan.
3,1000044
Diplomat (Sobirov) logo
Diplomat (Sobirov)

08:02 03 thg 9, 2026

Shu https://t.me/oyinauz qiziq xulosa qilsa bo‘larkan — “uzoq muddatli hokimiyat istasang qora kostyum kiy”.

Saparmurat Niyozov vafot etgani uchungina ketgan-ku, balki qora kiysa u ham ko‘proq yashardi, harholda Nazarboyevdan ham, Karimovdan ham yosh bo‘lgan.
2,8900043
Diplomat (Sobirov) logo
Diplomat (Sobirov)

00:22 01 thg 9, 2026

Photo
Shu maqolani yozish ham qiziq, ham qayg‘uli bo‘ldi. Biz qisqa va zerikarli deb hisoblaydigan mustaqillik davrida xalqimiz aslida juda og‘ir ko‘rguliklarni, kelajagiga keskin ta‘sir o‘tkazgan voqealarini https://oyina.uz/uz/article/4922.

Afsuski, ularning aksariyatdan xalqimiz hatto bexabar qolib ketgan. Balki shu uchun mustaqillik davridagi tarix bizga zerikarli ko‘rinar. Balki darsliklarda butun voqealarning o‘ta kam qismi yoritilgani uchundir — https://oyina.uz/uz/article/4922
3,6500040

Showing 30 of 41 posts

Xếp hạng

Yêu cầu đăng nhập

Frequently Asked Questions

Kênh Telegram Diplomat (Sobirov) nói về gì?+

Diplomat (Sobirov) (@pan_diplomat) là kênh Telegram thuộc danh mục Chính trị trên tgdio. Xem xếp hạng, đánh giá, nhận xét và bài đăng trước khi đăng ký. Hiện có khoảng 4.467 người đăng ký trên tgdio.

Làm sao để tham gia Diplomat (Sobirov) (@pan_diplomat)?+

Mở hồ sơ trên tgdio, dùng Join / Open in Telegram để đăng ký @pan_diplomat miễn phí.

Diplomat (Sobirov) có phải kênh Chính trị tốt không?+

Trên tgdio hãy xem đánh giá, nhận xét, xếp hạng và bài đăng của Diplomat (Sobirov) trước khi tham gia. Hiện có khoảng 4.467 người đăng ký trên tgdio. So sánh với các kênh Chính trị tương tự.

Xem thống kê và bài đăng Diplomat (Sobirov) ở đâu?+

Trên tgdio, mở trang @pan_diplomat để xem thống kê, xếp hạng, đánh giá và bài đăng.