Shu kunlarda Afg‘onistonda hokimiyatni Tolibon egallaganiga 5 yil
https://i.abcnewsfe.com/a/b9cc6630-a4ca-4c1f-9bec-d889f44baffa/wirestory_6179bb5805731f0c2b6b5b59ea322b6c_16x9.jpg?w=992. Shubhasiz, ushbu hodisa mintaqadasi siyosiy va iqtisodiy muhitga keskin ta’sir ko‘rsatdi.
Afg‘onistonda hokimiyat o‘zgaruvi, 5 yildagi voqealar O‘zbekistonga qanday ta’sir qildi?
Sobiq Afg‘oniston hukumati – xalqaro jamiyat tomonidan qo‘llanuvchi “erkatoy” tuzum edi. Shuning uchun ularda “dux” ko‘proq edi va o‘zaro aloqalarda hatto ustunlikka intilardi. Masalan, 2019-yilda Ashraf G‘ani hukumati Tolibon vakillarining Toshkentda rasmiy qabul qilinganini “tinch muzokaralarga ko‘maklashish” sifatida ko‘rmasligini ma’lum qilib, norozilik
https://www.gazeta.uz/oz/2019/08/13/delegation/. Vaholanki, O‘zbekiston tinchlik uchun harakat qilayotgandi.
Tolibon oldingi hokimiyatdan farqli ravishda – xalqaro jamiyatning “nafrati”. Butun dunyo mamlakatlari va ayniqsa, G‘arb u bilan yaqinlashishdan qochadi. Tolibon qo‘mondonlari o‘z hududida turib, qanchalik katta gapirmasin, O‘zbekiston bilan aloqalarda ular “orqa qiladigan” kuch yo‘q. Xitoy O‘zbekistonning ham sherigi, Pokiston esa endi Kobulga dushman.
Tolibonning 5 yilligi ilk navbatda, nihoyat janubiy chegaralarda tinchlik paydo bo‘lishi bilan foydali bo‘ldi. To‘g‘ri, bir-ikki marotaba snaryadlar
https://daryo.uz/2022/07/17/afgonistondan-ozbekistonga-snaryad-otganlar-ushlandi-video/, biroq ular bartaraf qilindi. Tolibon shimoldagi boshqa diniy guruhlar bilan kurash olib bordi.
Ikkinchidan, O‘zbekiston ko‘pchilik kira olmaydigan yaxshi iqtisodiy makonga ega bo‘ldi. Masalan, O‘zbekiston yaqinda Toti-Maydonda gaz qidiruv va qazib olish bo‘yicha 10 yillik shartnoma
https://www.spot.uz/oz/2025/10/06/gas-afghanistan. 5 trillion kub metr gaz zaxirasi borligi aytiluvchi Afg‘onistonda bunday shartnomaga ega bo‘lish, gazga ehtiyoji tobora oshayotgan O‘zbekiston uchun juda foydali.
Qolaversa, o‘z gazini keng xalqaro bozorga chiqara olmaygan Afg‘oniston gazni ancha past narxlarda sotayotgan bo‘lishi mumkin. O‘zbekistonda elektr energiyasi asosan gazda ishlovchi IES’lardan olinadi va arzon gaz importi biz uchun juda muhim.
2025-yilgi Pokiston-Afg‘oniston to‘qnashuvlaridan keyin esa O‘zbekiston yana bir imkoniyatga ega bo‘ldi. Tolibonning asosiy daromadi Pokistonga ko‘mir sotish edi va nizolardan keyin bu savdo deyarli to‘xtadi. Natijada Kobul Eron va Markaziy Osiyo yo‘nalishiga e’tibor
https://timesca.com/uzbekistan-and-taliban-sign-trade-deals-as-coal-shipments-pivot-from-pakistan/.2025-yil noyabrida toliblar hukumati O‘zbekiston bilan bu borada savdo shartnomalari imzoladi. Unga ko‘ra, afg‘on ko‘miri endi Pokiston o‘rniga O‘zbekistonga eksport qilinadi, buning evaziga O‘zbekiston sement va farmatsevtika mahsulotlari yetkazib
https://daryo.uz/2025/11/24/afgoniston-komiri-pokiston-orniga-ozbekistonga-eksport-qilinadi-tolibon/.Elektr energiya ishlab chiqarishda ko‘mir yoquvchi IES (issiqlik elektr stansiyalari) va aholi orasida ko‘mirga ehtiyoj katta. 2022-yilning 11 oyida O‘zbekiston 105,8 mln dollarlik 2,39 mln tonna ko‘mir import
https://kun.uz/news/2023/01/05/15-trillion-som-zarar-parda-ortidagi-ishonchli-boshqaruv-oqibatlari. Afg‘oniston o‘z ko‘mirini Pokistonga 3 baravar arzonga sotganini hisobga olsak, O‘zbekiston ham ancha yaxshi taklif ega bo‘lgan (“narx manipulyatsiyasi” ehtimoli ham bor).
Umuman, O‘zbekiston kompaniyalari Afg‘oniston shimolida faollashdi. Afg‘oniston hozir asosan Xitoy xomashyo bazasiga aylanayotgan bo‘lsa, ko‘pchilik ekpertlar O‘zbekiston ham faol investitsiya kiritayotganini aytmoqda.
Afg‘onistonda to‘xtovsiz elektr yetkazi berish ham Tolibonni ishontirish, undan yanada qulayroq imtiyozlar olishga intilish bo‘lishi mumkin. Ushbu imtiyoz va foydalar byudjetga qanchalik foyda keltirayotgani, shubhasiz, jamlab, e’lon qilinmagan va bu yerda ichki muhitga bog‘langan bir qancha faktorlar bor.